Sharl Pegi (1873-1914)

Sharl Pegi (Charles Péguy; 7 yanvar 1873, Orlean, — 5 sentyabr 1914, Vilrua) — frantsuz shoiri, dramaturg, publitsist, esseist va muharrir.

TO‘RTLIKLAR

* * *

Quvonchdan xabar keldi –
Yuksalmish toqqa.
Vijdondan xabar keldi –
Botmish tuproqqa.

* * *

Ko‘ngilda goh dardu g‘am,
Gohida sevinch.
Qo‘l borida qadah tut,
Sevinch uchun ich.

* * *

Kulfat meni yaxshi ko‘rar,
Hech nari jilmas.
Kulfat go‘yo xotinimday,
Mendan ayrilmas.

* * *

Yurak, seni so‘ngsiz og‘riq
Tinimsiz ezar.
Yurak, seni so‘nggi og‘riq
Tamom qutqazar.

Rus tilidan Tohir Qahhor tarjimaci