Rabindra Sarkar

QOTILLIKDAN SO‘NG

Men qachon chalg‘idim,
Men qanday ilg‘adim?
Bilmadim, lekin…
Men so‘nggi bor tozaladim shaharni –
Kimni olib qoldim o‘limdan?
Meni sotmadi qon,
Sotmadi ko‘zlar.
Faqat qo‘rquv, faqat xavotir.
Bu – nening hosili,
Va kimlar so‘zlar?

Bog‘da sokin suhbat,
Sokin xiyobon.
Yonginamdan o‘tib ketar
O‘tgan kunlarim.
Burilishning tug‘ilgan kuni –
O‘limdir! Osmon,
Osmon, seni kuydirdimi
Sap-sariq ranglar…

Bu –
Hech yerda aytilmas qo‘shiq.
Tongda chug‘urlagan qushlar ham emas.
To‘g‘onlar ichida qalqdi chehralar,
Suv odamlar rasmin chizibdi, xolos.
Chorlaydi yam-yashil daraxt xayoli,
Yo‘lda yangi-yanggi uylar qurilar.
Boshim uzra uchib o‘tdi qora qush,
Go‘yo og‘ir tush –
O‘limning izlari ko‘zga urilar…

Narvonga chiqaman, ko‘rinib turar
Qaydadir ochilar qaysidir eshik.
Qo‘rg‘oshin konlar-u, kichik daryolar
Bo‘yidan men bilan uchdi xayollar –
O‘sdi yangi tog‘lar, o‘sdi nihollar.

Ingliz tilidan Oygul Suyundiqova va Zuhra Asqarova tarjimaci