Manuel Lopesh (1907-2005)

Manuel Lopesh (Manuel Lopes; 23 dekabr 1907, Mindelu, Kabo-Verde — 25 yanvarya 2005, Lissabon) — shoir, nosir, esseist. San-Visent orolida (hozir Kabo-Verdeda). Portugal tilida ijod qilgan.

TORTINChOQ ShOIR

U goho qo‘rqadi shoirligidan –
o‘zga dunyolarning telba sayyohi.
Qo‘rqadi g‘alati, kimsasiz joylardan, yolg‘izlanishdan hayiqar,
sirlarini, hammadan yolg‘izlik sari berkinishlar sababini
bilishga urinadigan,
irjaygan ayg‘oqchilardan hadiksirar.
Dahshat-la ko‘radiki, kundalik tashvish odamlari,
betakalluflik bilan, yovvoyi qushni tomosha qilganday,
unga qaraydilar, iflos qo‘llarini
pokiza yuragiga sola boshlaydilar.
O‘g‘rincha qaytadi u oddiylik doirasiga,
bunda oftob oshkoradir,
shamolning nashidasi totib bo‘lingan,
ranglar o‘rganilgan, fanlar o‘qilgan…
O‘z ichiga yuzlanadi, yumadi ko‘zlarini,
halovatsiz kengliklarini tark etadi …
Va u o‘zi achchiqligini kashf etgan,
maqsadga eltadigan g‘ussali yo‘lini tark etadi.
Yangi vahiy – yangi g‘ussa – uning qismati.
Taqdiri og‘irdir.
Goho qo‘rqib ketar shoirligidan…

Karim Bahriyev tarjimasi