Anton Chexov. Mansab darajasi uchun imtihon (hikoya)

Bir pochtaxonaning priyomchisi, sersoqol, mo‘ysafid, boshi sip-silliq qorni serkillagan Yefim Zaxarich Fendrikov asabiy holda qo‘llarini bir-biriga ishqab terlab-pishib deydi: — Geografiya muallimi Galkinning menda keki bor, ishoning-ishonmang men unga bugun imtihon berolmayman. Imtihondan o‘tolmayman… Azbaroyi xudo… Arzimagan bir narsa ustida davomi…

Mark Tven. Xato o‘xshatish (hikoya)

Do‘stim ikkimiz Nyu-York yaqinidagi Salomanka bekatiga sal kechikib yetib keldik. Bekat sahnida yo‘lov-chilar g‘uj-g‘uj, odamga liq to‘la poyezdga chiqib olish uchun yelib-yugurishardi. «Mendek mashhur yozuvchini ham shunday qisishadimi odamlar», deya o‘ylab, kassaga zo‘rg‘a yaqinlashdim. Chip-tafurush yigitdan xos vagonga ikkita chipta davomi…

Gi de Mopassan. Marjon shodasi (hikoya)

1-tarjima MARJON ShODASI Falakning gardishi bilan ba’zida xizmatkorlar oilasida tug‘iladigan go‘zal va maftunkor qizlardan biri edi u. Unda na sep-sidirg‘a, na umid va na taniqli bo‘lishdan ma’no-mazmun bor edi. U birovni tushunishga ham urinmagan, sevmagan va mashhur kimsaga ham turmushga davomi…

Yasunari Kavabata. Olovga tomon talpinayotgan ayol (hikoya)

Ko‘l olisdan xira mavjlanib ko‘zga tashlanar edi. U oy yog‘dusiga cho‘mgan ko‘hna bog‘dagi hovuzga jimirlab quyilayotgan suvning rangini esga solardi. Ko‘lning qarama-qarshi qirg‘og‘ida daraxtlar yonardi. Yong‘in ko‘zga urguday shitob bilan yoyilib borardi. Chamasi, o‘rmonga o‘t tushganga o‘xshaydi. Qirg‘oq bo‘ylab tutun davomi…