Umar Sayfiddin. Forsa (hikoya)

O‘rta dengizning qahramonliklar makoni bo‘lmish so‘ngsiz ufqlariga qaragan kichik tepalik mo‘jazgina chamanzor edi. Ingichka uzun novdali bodom daraxtlarining olachalpoq soyasi sohilga engan so‘qmoqqa tushar, ko‘klamning mayin shabadalaridan sarxush chag‘alaylar savdoyi chuqur-chuqurlari bilan samoda shovqin solardi. Bodomzorning yoni keng uzumzor edi. davomi…

Umar Sayfiddin. Badal (hikoya)

Faqatgina tor eshigidan zo‘r-bazo‘r yorug‘lik kiradigan ustaxonada kechayu kunduz uchqunlar sachratib ishlaydigan Xo‘ja Ali inidan chiqmaydigan xonanishin arslonni eslatadi. U uzun bo‘yli, keng yelkali, pahlavon kelbatli odam. O‘n yillarki, ustaning mana shu nimqorong‘i do‘konida yasalgan qilichu tig‘lar Onado‘li va Rumeli davomi…

Deymon Ranon. Hazilkash (hikoya)

Chap oyog‘imda kutilmaganda dahshatli og‘riqni his qilgan paytimda Brodveydagi Mindi restoranida edim. Og‘riqqa chidolmay o‘rnimdan sakrab turdim va boloxonador qilib so‘kindim.Menga «parovozcha» o‘rnatishganini va shu atrofda hazilkash Jo-turli hazillar ustasi turganligini sezdim.«Parovozcha» nimaligini bilmoqchimisiz? Restoranga kirgan odamning poyabzali ustiga gugurt davomi…

Aleksandr Belyayev. Amfibiya odam (roman)

Aleksandr Belyayev. Amfibiya odam. Jahongir. KES yulduzi: Ilmiy-fantastik romanlar / [So‘zboshi M. Mahmudovniki; Ruschadan Nizom Komilov tarjimasi]. — Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989. Taniqli yozuvchi Aleksandr Belyayevning mazkur kitobga kirgan romanlar inson tafakkurining mislsiz qudratiga bag‘ishlangan ajoyib qasidalardir. Yozuvchi davomi…

Yaroslav Gashek. Tog‘likning o‘limi (hikoya)

Mixael Pitala qamoqxonadan qochdi. Quyuq o‘rmonlar va bug‘doyzorlarda yashirinib u janub tomon yurdi, toqqa yaqinlashdi. Dehqonlar uning qornini to‘yg‘izishdi, yo‘l uchun oziq-ovqat va kiyim-bosh berishdi. Kech tushdi. Oppoq ilonizi yo‘l tog‘ yonbag‘irlab buralib ketgan edi. Dovonda xoch turardi. Qochoq chang davomi…