Endryu E. Xant. Shukrona (hikoya)

Yaqindagina xayriya fondi tomonidan berilgan jun adyol uning yelkalarini yaxshilab yopar, bugun axlat chelagidan topgan poyafzali oyoqlarini umuman qismasdi.
Sovuq tunning izg‘irinidan so‘ng ko‘cha chiroqlarining tafti uning qalbiga ajib iliqlik olib kirardi…
Parkdagi burushiq o‘rindiqlar uning toliqqan beliga judayam tanish tuyalardi.
“Xudoyim, senga shukrlar bo‘lsin, — o‘yladi u, — hayot qanday go‘zal-a!”

Davronbek Tojialiyev tarjimasi