Doris Lessing. Afrikada kitob qahatchiligi (Nobel ma’ruzasi)

2007 yil 10 dekabr kuni Stokgolmda Nobel mukofotining topshirilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 88 yoshli Doris Lessingga Afrika haqidagi romanlari shuhrat keltirgan edi va uning adabiyot sohasidagi mehnatlari Nobel mukofotiga munosib ekanligi aniqlandi. Lessing mukofot topshirish marosimida ishtirok eta olmasa-da, Nobel ma’ruzasini tayyorladi.

* * *

Men eshik oldida turib, kesilmay saqlanib qolgan o‘rmonlar tepasidagi bulutlar oralab esayotgan changli shamollarni kuzataman.

Kecha men kesilgan daraxtlar yoqalab, olis masofani bosib o‘tdim. 1956 yili bu yerlarda ulug‘vor o‘rmonlar bo‘lgan. Hozir esa ular yo‘q qilingan. Qayerdadir odamlar bir burda nonga muhtoj, ularning o‘choqlariga hatto tutatqi topish amri mahol.

Bu voqea o‘tgan asrning 80-yillarida Zimbabvening shimoli-sharqida yuz bergan edi. Londondagi o‘rta maktab-lardan birida o‘qituvchilik qilayotgan do‘stimni yo‘qlab borgan edim. Do‘stim u joylarda qolib ketayotganligi sababini shunday tushunib kelganman “Afrikaga hashar”. U juda xayolparast, yumshoqko‘ngil inson bo‘lganligi oqibatida doimiy ruhiy to‘qna-shuvlarni boshdan kechirib yashagan. Bu o‘quv dargohi ham xuddi boshqa maktablar qatori hurriyat yillarida barpo etilgan. G‘isht devorli to‘rtta xonadan iborat bino sertuproq yer ustida qad rostlab turibdi. Binoning boshidan oxirigacha qurilgan mana bu xona kutubxona. Men sizga hikoya qilayotgan sinf xonalarida doska bor, bo‘rni esa cho‘ntakda saqlashadi. O‘g‘irlab ketishsa, topilishi dargumon. Maktabda atlas, globus, darsliklar, hatto daftar ham taqchil.

Kitoblar bor Amerika universi-tetining qalin jildlari, ularni hatto ko‘tarish oson emas. Shuningdek, “Felisiti muhabbatni qarshi olayapti” qabilidagi kitoblarga javonlardan joy ajratilgan. Men do‘stim bilan uning ish xonasida o‘tirar ekanman, odamlar jimgina kirishadi va kitob so‘rashadi. “Iltimos, Londonga qaytsangiz, bizga, albatta, kitob yuboring, bizni o‘qishga o‘rgatishyapti, ammo o‘qiydigan kitobning o‘zi yo‘q”. U yerda kimni uchratgan bo‘lsam, hammalari mendan kitob so‘rashar edi.

Men kitob so‘rayotgan kishilar haqida ingliz bolalariga hikoya qilib berdim. Ular chang-to‘zon ostidagi maktabni ham, suvsiz biyobonlarni ham tasavvur qila olishmaydi, dunyoning boshqa bir chetida esa katta qozonlarda go‘sht qaynatishadi, domino o‘ynashadi…

Suhbatlardan so‘ng o‘qituvchilardan kutubxonalardagi ahvolning qay darajada ekanligi, bolalarning kitob o‘qiyotgan-o‘qimayotganliklari to‘g‘risida so‘radim. Bu kabi imtiyozli maktablarda har doim bir xil javob eshitish mumkin: “Bilasizmi, ko‘pgina bolalar umuman kitob o‘qishmaydi. Kutubxona esa bor kuchi bilan ishlayapti.”

Biz madaniyat parchalanayotgan bir davrda yashayapmiz. Bundan o‘n yillar oldin hamma narsa aniq bo‘la turib ham, odam haqidagi eng oddiy haqiqatlarni bilishdan mahrum bo‘lganmiz.

Hali yaqin kunlarda hatto unchalik savodi bo‘lmagan kishilar ham ilmni qadrlashadi. Ha, o‘sha baxtli yillarda ko‘pgina kishilar o‘zlarini o‘qiyot-gandek, ilm-fanni hurmat qiladi-gandek ko‘rsatishadi.

Bu g‘amgin tarixni ko‘pchiligimiz yaxshi bilamiz. Biroq uning nima bilan yakunlanishi ham biz uchun mavhum emas. “Insonni boyitadi”, deyishadi, darhaqiqat, u insondagi bo‘shliqlarni zarur ilmlar bilan to‘ldiradi.

Yaqinda do‘stim Zimbabvedagi qishloqlarda odamlar uch-to‘rt kunlab ovqatsiz qolganligini ammo shunday nochor ahvolda ham kitob haqida qayg‘urib hayot kechirayotganliklarini gapirib berdi.

Zimbabveda ham Yevropadagi kabi har xil romanlar, ilmiy-fantastik asarlar, detektiv, she’r, pesalar o‘qishni istashadi. Hatto Shekspirni ham.

Biz qayerdaki mumkin bo‘lsa, hamma joyda kitobga yetisha olishimiz mumkin, biroq shuni aytib o‘tishim kerakki, oddiy qog‘oz muqovali kitobning bahosi bir oylik ish haqiga to‘g‘ri keladi. Mugabeda qo‘poruvchilik harakatlari hukmron-lik qilgan davrlargacha kitob narxi ana shunday edi. Hozir esa kitob narxi bir necha oylik maoshga teng. Qishloqqa bir quti kitob keltirib ko‘ring, u kitoblarni odamlar ko‘zida yosh bilan qarshi olishadi. Mayli, u kutub-xonalarda faqat doska turgan bo‘lsin, hatto bo‘r ham bo‘lmasin. Bir hafta o‘tgandan so‘ng savod-sizlikni tugatish sinflari paydo bo‘lsa ajab emas.

Zimbabveda oltita asosiy til bor, bu tillarning hammasida kitoblar yozilyapti. Darg‘azab bo‘lish, zo‘ravonlik va eng qo‘rqinchli jinoyat, noxush janjallardan qotilliklargacha bo‘lgan turli mavzularda asarlar yaratilyapti. Kishilarning qilgan mehnatlari munosib taqdirlanishi kerak, deyishadi. Biroq, bu Zimbabvega daxlsizligicha qolib ketyapti, deb o‘ylayman. Afrikadagi kitob ocharchiliklari Keniyadan Yaxshi umid burnigacha bo‘lgan har bir go‘shani egallab olgan.

Men guvala loydan qurilgan kulbada katta bo‘lganman, ammo bu uy kitob bilan liq to‘la bo‘lgan. U yerda ota-onamning Angliyadan olib kelgan kitoblarigina emas, pochta orqali buyurtma qilib qo‘lga kiritilgan kitoblar ham anchagina edi. Katta qutilarda, olis yo‘l bosib kelgan bu kitoblar bolaligimning mukammal quvonchlariga aylangan. Hozirgi kunda ham chiroqsiz, suv quvurlarisiz, xuddi bizning guvala uyimizdek kulbalarda yashayotgan odamlardan maktublar olaman: “Men ham yozuvchi bo‘lmoqchiman. Chunki mening ayni paytdagi yashash tarzim siznikidan hech ham farq qilmaydi. ” Shu o‘rinda bitta haqiqatni e’tirof etishni istayman: kitobi bo‘lmagan uylardan hech qachon yozuvchi chiqmaydi.

O‘zingizni ayovsiz qurg‘oq-chiliklar “hukmron”ligi davrida janubiy Afrikaning qashshoq go‘shalaridan biridagi hindu do‘koni oldida suvga navbatga turgan odamlar o‘rnida tasavvur qilishingizni xohlagan bo‘lar edim. Kechayu kunduzda uyiga bir marta suv bilan kirib keladigan bu ayollar katta idishlarda obihayot uchun navbatda turishadi. Suv sotuvchi hindu qoratanli ayol qo‘lidagi qog‘ozlarga ko‘z tashlaydi – bular kitob varaqlaridan yirtib olingan qog‘oz bog‘lami. Ayol lablari pichirlaganda qog‘oz bog‘lami – “Anna Karenina” ni o‘qiyapti. Kitob murakkabga o‘xshaydi. Ayolning oyoqlari yonida etagidan mahkam ushlab olgan ikki bolasi o‘ralashadi. Hindu g‘azabnok – navbat kattayib borar, suv esa hammaga yetmaydi. U yana darg‘azab, negaki, bulutlar ortida to‘zonlar, odamlar esa halok bo‘lishyapti. Hindu qiziqsinib ayoldan so‘raydi:

Nima o‘qiyapsiz?

Bu Rossiya haqida,– javob beradi ayol.

Siz Rossiya qayerdaligini bilasizmi?

Ayol viqor bilan tikilib javob beradi:

Men sinfimizdagi eng old o‘quv-chilardan edim. Harqalay, o‘qituvchimiz shunday degan.

Biz o‘zimizning adabiy xazinamiz bilan Misr, Rim va qadimgi greklarga ta’sir ko‘rsatyapmiz. Adabiy boylik-larimiz esa qayta-qayta kashf qilin-mog‘i lozim, toki odamlar baxt bilan diydorlashishsin.

Har birimizning botinimizda oqin yashaydi. U biz bilan birga yashayotgan tarix haqida hikoya qilishga qodir. Mayli, dahshatli qirg‘inlar boshlansin, yovuzliklar ko‘paysin, shahar suv bossin, oqin esa dengiz qa’ridan chiqqan g‘avvos kabi yashayveradi. Negaki, tasavvurlarimiz bizni ma’lum bir shaklga soladi, qayta yaratadi, yaxshilik va yomonliklar uchun asraydi. Chunki bizning oyoqlarimiz kesilsa ham, mag‘lub bo‘lsak ham, tarix bizga qayta jon ato etadi. Oqin ezgulik va afsonalar ijodkori, u muloyim ijodiy qiyofada paydo bo‘laveradi. Sariq qum oralab daydiyotgan, farzandlari uchun munosib ulush ilinjida qayg‘urayotgan o‘sha afrikalik ayoldan afzalmiz, deb kim aytadi sizga? Nimaga muzlatgichi-mizning oziq-ovqat mahsulotlari bilan tirbandligini, shaxsiy buyumlarimiz to‘lib-toshib ketgan kiyim javoni-mizni hammadan ustunligimiz alomati deb hisoblaymiz? Nega?!…

Rus tilidan Go‘zal Begim tarjimasi

“Jahon adabiyoti” jurnali, 2008 yil, 2-son