Sultonmurod Olim. Mavlonolar mavlonosi

Hech bir xalq hayotini milliy she’riyatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu el vakillari orasida yod olinib, maqol yanglig‘ mashhur bo‘lib ketgan bayt yo misralar bo‘ladi. Lekin asli boshqa lisondagi biror satr yo qo‘shmisra o‘zga tilda shuhrat tutib ketishi uchun u, birinchidan, davomi…

Pirimqul Qodirov. Ma’naviyat, modernizm va absurd

Gapni insonga xos ma’naviy izlanishlardan boshlaylik. Geologlar tog‘u cho‘llarni kezib qadri past, arzimas narsalarni emas, qadri baland, qimmatbaho narsalarni izlashadi. Shunga o‘xshab, insondagi ma’naviy izlanishlar ham unga aziz tuyuladigan, ruhiy ehtiyojlarini qondiradigan ne’matlarga qaratiladi.Butun tabiat quyosh nuri bilan tirik. Ammo davomi…

Nurboy Abdulhakim. To‘rt ariqning sharbati nadur?

Biz Qul Xo‘ja Ahmad hikmatlari mohiyatidan xabardormiz, deya olamizmi? O‘qilishidan sodda, tushunarliday ko‘ringan bu hikmatlar aslida “ma’niyi Qur’on” (shayxning o‘z e’tirofi) ekanligini bilamizmi? Mana ulug‘ pirimiz hikmatlaridan biri: Tavba qilib, Haqqa yong‘on oshiqlarga Jannat ichra to‘rt ariqda sharbati bor. Tavba davomi…

Ozod Sharafiddinov. Millatni uyg‘otgan adib

Agar mendan shuncha yil yashab umringdan topgan quvonching va mamnuniyating nima bo‘ldi deb so‘rasalar, men hech ikkilanmasdan Oybek va G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor va Shayxzoda kabi buyuk so‘z san’atkorlari bilan zamondosh bo‘lganim, ularning suhbatlaridan bahramand bo‘lganim, betakror asarlarIdagi go‘zallik va davomi…

Omonulla Fayzullayev. «Shomu saxarlar oh urib»

G‘afur G‘ulom otam Fayzullaxo‘ja bilan birgalikda 1916 — 1917 yillari Toshkentdagi rus-tuzem maktabida o‘qiganligini va ular bolalikdan do‘st bo‘lganligini yoshligimdan bilaman. Shu tufayli bo‘lsa kerak, u kishining faoliyati bilan hamma vaqt qiziqqanman. 1943 yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ta’sis etilganda G‘afur davomi…

Begali Qosimov. Vatan va millatning o‘tlig‘ kuychisi

Shoir Tavallo — To‘lagan Xo‘jamyorov XX asr boshida Toshkentda yetishgan, xalq o‘rtasida katta shuhrat qozongan iste’dodlardan. Oybek “Bolalik”da shunday yozgan edi: “Ayvonda muk tushib, Tavalloning she’rlarini o‘qishga kirishaman. O‘qiyman, diqqat bilan, berilib, uzoq o‘qiyman… She’rlar rangdor, jonli, tili o‘ziga xos, davomi…

Muhammadjon Imomnazarov. Jahon tan olgan shoir

Hind forsiyzabon she’riyatining charog‘on yulduzi Amir Xusrav Dehlaviy bo‘lib, bo‘lg‘usi shoirning otasi Sayfuddin Mahmud XIII asr boshlarida O‘rta Osiyoga yopirilgan Chingizxon qo‘shinlarining balosidan o‘z elatini saqlab qolish maqsadida vatani Shahrisabzni tark etib, Hindiston sari yuzlangan edi. Ma’lumki, XII asr boshlarida davomi…


Maqolalar mundarijasi