Yuzlab ish joylar taqa-taq yopilib qoladi. Ammo… o‘lim ishi taqa-taq yopilmaydi! Dunyoda hamma shtat qisqaradi. Ammo… o‘lim qisqarmaydi!..

Yuzlab ish joylar taqa-taq yopilib qoladi. Ammo… o‘lim ishi taqa-taq yopilmaydi! Dunyoda hamma shtat qisqaradi. Ammo… o‘lim qisqarmaydi! Dunyoda hamma narsa tamom bo‘ladi. Ammo o‘lim tamom bo‘lmaydi! O‘lim mangu yashaydi! O‘lim barcha tuzumlar uchun abadiydir! Yashasin, o‘lim!
Tog‘ay Murod