Majnun va Layli hikoyati

Ahli Layli, ya’ni uning qabilasi, qavm-qarindoshlari Majnunning kelishiga yo‘l bermadilar. Shu atrofda, sahroda bir cho‘pon qo‘y boqib o‘tirgan edi. Majnun cho‘ponning qoshiga kelib, ostiga to‘shab o‘tirgan po‘stagini berib turishini so‘rab, yalindi. Cho‘pon bu qo‘rimsiz, juldur po‘stakni nima qilasan, dedi. Majnun davomi…

Qopga solingan mast hikoyati

Bir mast odam hushini yo‘qotib uxlab yotardi. Sharob, ya’ni achchiq suv uning ishini saranjomlagan, u ham sharob-ning dodini bergan edi. Ham tinitilgan sofidan, ham loyqasidan qo‘p iste’mol qilib, xarob ahvolda o‘zini bilmay yotardi. Bir hushyor odam bu holni yoqtirmay, uni davomi…

Oshiq darvesh hikoyati (2)

Bir darvesh bor edi. Ishq zo‘ridan zorlanib, o‘tga tushgan parvonaday beqaror edi. Ishqi taftidan jon qiynalsa jonining o‘rtanishidan tili so‘zga kelmasdi. Ishq olovi jonidan o‘tib dilini yondirar, mushkul ustiga mushkul boshiga yog‘ilar edi. Yo‘l o‘rtasida beqaror bo‘lib, ho‘ngrab yig‘lardi va davomi…