Avliyo ham qo‘shnisini qo‘llar.
Ayolning sarishtasi —
Ro‘zg‘orning farishtasi.
Ayolning sunbuli — yigitning dili.
Beva xotinga Buxorodan it hurar.
Besh bola ustiga borsang bor,
Kundosh ustiga borma.
Bir kelin oldim, o‘tirdim,
Ikki kelin oldim, tik turdim,
Uch kelin oldim, yugurdim.
Bir qizga yetti qo‘shni — ota-ona.
Bir qinga ikki pichoq sig‘mas,
Bir uyga — ikki xotin.
Biyaning yugurigi yaxshi,
Xotinning — epchili.
Boy amr etmasa,
Bovcha xamir etmas.
Bola suysang — beshikda,
Xotin suysang — to‘shakda.
Bolaga tegma, balosi chiqar,
Xotinga tegma, qasosi chiqar.
Bolali uy — bozor,
Bolasiz uy — mozor.
Bolali uy — jannat,
Bolasiz uy — minnat.
Bolali uy — xandon,
Bolasiz uy — zindon.
Bolali uyda gap yotmas.
Bolali uyda janjal bo‘lsa ham,
G‘urbat bo‘lmas.
Bolali uyda sir yotmas.
Bolali uyda o‘g‘rilik yo‘q.
Bolali uyda g‘iybat yo‘q.
Bolali uyda g‘urbat yo‘q.
Bosh ikkov bo‘lmay,
Mol ikkov bo‘lmas.
Boshim ikki — molim ikki.
Bo‘z yaktak qichitar,
Yaxshi xotin tinchitar.
Bo‘ldiradigan ham xotin,
O‘ldiradigan ham xotin.
Bo‘ri hamsoyasiga ola qaramas.
Gilam sotsang, qo‘shningga sot,
Bir chetida o‘zing o‘tirasan.
Do‘sting ham — ering,
Dushmaning ham — ering.
Er — quyosh yo‘ldoshi,
Xotin — umr yo‘ldoshi.
Ering qumchalish bo‘lsin,
Xotining — g‘archalish.
Yomon xotin olganning yovi uyida,
Ikki xotin olganning dovi uyida.
Yomon xotin eriga do‘zax qilar.
Yomon xotin o‘lsa, keng to‘shak qolar,
Yaxshi xotin o‘lsa, mehnat-g‘am qolar.
Yomon xotin hayitda eridan chiqar.
Yomon xotinning o‘ynashi ko‘p.
Yomon qo‘shni yovdan yomon.
Yon qo‘shni — jon qo‘shni.
Yog‘mas bulut elni aldar,
Yomon xotin — erni.
Jon kuydirmasang, jonona qayda,
Xotin olmasang, qaynona qayda.
Ikki sigir olganning ayroni bor,
Ikki xotin olganning vayroni bor.
Ikki xotin olibsan,
Bir baloga qolibsan.
Ikki xotinlikning qulog‘i tinmas,
Eshak minganning — oyog‘i.
Inoq oilada beshik bo‘shamas.
Itning yovi — devona,
Kelinning yovi — qaynona.
Itning yomoni to‘shakdagidan umid qilar.
Yigitning ko‘ngli qolsa — o‘lguncha,
Xotinning ko‘ngli qolsa — tuqquncha.
Katta — kelin uyda,
Kichik kelin — to‘yda.
Kelin bilan qaynona — o‘t bilan suv.
Kelin bo‘yini yashirar,
Tovushini tovdan oshirar.
Kelin bo‘ldim — qaynonamga yoqmadim,
Qaynona bo‘ldim — kelinimga yoqmadim.
Kelin yomon emas,
Kelin kelgan yer yomon.
Kelin kelag‘on bo‘ldi,
Ovul kezag‘on bo‘ldi.
Kelin kelsa uzoqdan,
Arba-arba osh kelar.
Kelin kelsa yaqindan,
Arba-arba so‘z kelar.
Kelin kimxob kiyar,
Qaynona qarg‘ab kuyar.
Kelin kirgan uyga nur kirar.
Kelin — qaynona supurgisi.
Kelinim bor deb kerilma,
Ish buyursa, erinma.
Kelinim elakli bo‘ldi,
Elagi — tilakli bo‘ldi.
Kelinimning yig‘lagani —
Eshagimning hangragani.
Kelining bitta bo‘lsa, o‘tirib yeysan,
Ikkita bo‘lsa, turib yeysan,
Uchta bo‘lsa, yurib yeysan,
To‘rtta bo‘lsa, yo‘rg‘alab yeysan.
Kelining yaxshi bo‘lsa, berdi xudo,
Kelining yomon bo‘lsa, urdi xudo.
Kelining qayerlik bo‘lsa,
Mehmoning shu yerlik.
Kelinning tili yo‘q
Qaynonaning — imoni.
Kumush xotin kunda — kasal,
Oltin xotin oyda — kasal.
Kunda urush bo‘lsin desang, kundosh qil.
Kundosh boshingda — tosh,
ko‘zingda — yosh.
Kundosh xotin kunda og‘riq.
Kundoshing bo‘lsa-bo‘lsin,
Kundoshbachchang bo‘lmasin.
Kundoshli uyda kunda urush.
Kundoshli uyda to‘zim yo‘q.
Kundoshlik — ko‘ngil g‘ashlik.
Kundoshlikka kun tug‘mas,
Tug‘sa ham, butun tug‘mas.
Kundoshning kuli ham kundosh.
Kundoshning kuli ham urishar.
Kundoshning oti qursin,
Saksovulning o‘ti qursin.
Ko‘cha sevgisi uyni barbod etar.
Ovul aylog‘i balan,
Bo‘ta taylog‘i bilan.
Ovulga aytsang, oshar,
Qo‘shniga aytsang, qo‘shar.
Ovuldoshimning oti o‘zguncha,
Hamsoyamning toyi o‘zsin.
Oila tinch — yurt tinch.
Oila — qo‘sh ustunli ayvon.
Olis yo‘l otni sinar,
Og‘ir kun — xotinni.
Olovga tegsang, o‘char,
Qo‘shningga tegsang, ko‘char.
Onalik uyning ori bor,
Otalik uyning — zari.
Onang o‘ldi — otang o‘ldi.
Oppoq bo‘lgan oq uyim,
Osh-noni yo‘q qoq uyim.
Ora turding — bera turding.
Ota — aql, ona — idrok.
Ota — bilak, ona — yurak.
Osh o‘rniga — ayron,
Kundoshli uy — vayron.
Oshsiz uy bor-u janjalsiz uy yo‘q.
Oya kuydi, moya kuydi,
O‘rtada hamsoya kuydi.
Oqboshdan o‘tin bo‘lmas,
O‘ynashdan — xotin.
Ro‘zg‘or ziynati — o‘tin,
Uy ziynati — xotin.
Ro‘zg‘or tushdi boshga,
Qo‘l tegmadi oshga.
Ro‘zg‘or o‘lchov bilan,
Boylik tejov bilan.
Ro‘zg‘or, o‘ttiz ikki og‘zi bor.
Ro‘zg‘or — g‘or.
Ro‘zg‘ori kattaning tashvishi ham katta.
Ro‘zg‘orning nimasi yo‘q — bo‘zdan xaltasi.
Sarishtali uy — farishtali uy.
Tuzdagi bilan emas, uydagi bilan bo‘l.
Uyga jihoz yarashar,
Xotinga — hbos.
Uying tor bo‘lsa,
Dunyoning kengligi bilinmas.
Uylangan — o‘g‘il-qiziga quvongan.
Uyni uy qilgan erning topishi-yu
Xotinning — ko‘rpa ishi.
Ulug‘ uyga ne kerak,
Kichik uyga shu kerak.
Umr savdosi — qiyin savdo.
Xotin — bo‘yin, er — bosh.
Xotin olsang, o‘tin ol,
Bir quchog‘in ortiq ol.
Xotin — uy bezakchisi,
Er — uy ko‘makchisi.
Xotin — uyning ziynati,
Er — mehnati.
Xotin — uyning chirog‘i.
Xotin — umr yo‘ldoshi.
Xotin er orqasidan — xotin,
Xonim xon orqasidan — xonim.
Xotin — erga oyina.
Xotin — erning vaziri.
Xotin yaxshi — er yaxshi.
Xotining yaxshi bo‘lsa, yoqang oqarar,
Xotining yomon bo‘lsa, soqoling oqarar.
Xotining yaxshi bo‘lsa, to‘yga bormoq ne hojat,
Xotining yomon bo‘lsa, azaga bormoq ne hojat.
Xotinli ro‘zg‘or guldir,
Xotinsiz ro‘zg‘or cho‘ldir.
Xotinning yomoni — umrning egovi.
Xotinning yomoni er qaritar.
Xotinning yomoni — erning zavoli,
Xotinning yaxshisi — erning kamoli.
Xotinning zo‘ri — erning sho‘ri.
Xotinning otini yetim chiqarar,
Etimning otini — xotin.
Xotinning chiroyi — erdan.
Xotinning yaxshi-yomoni mehmon kelganda bilinar.
Xotinning qaqildog‘i — tegirmonning shaqildog‘i.
Xotinsiz uyni ko‘r — qaro yerni ko‘r.
Chala dovruqqa chol yiqilar,
Xotinni so‘ksang, obro‘ to‘kilar.
Cholimning topganini yayrab yeyman.
O‘g‘limning topganini ingrab yeyman.
Egovni egov dema, yomon xotinni de.
Er — avra, xotin — astar.
Er vaziri — xotin,
Ro‘zg‘or og‘iri — o‘tin.
Er — daladan, xotin — uydan.
Er-xotin urishar,
Esi ketgan bo‘lishar.
Er-xotin urishar,
O‘rtaga ahmoq tushar.
Er-xotin — qo‘sh ho‘kiz.
Er-xotin — qo‘shqanot.
Er-xotinning urishi — doka ro‘molning qurishi.
Er-xotinning urishi — yoz kunining yog‘ishi.
Er qayerda bo‘lsa, xotin ham shu yerda.
Erdan — sadoqat, xotindan — itoat.
Erdan — xato, xotindan — uzr,
Xotindan — xato, erdan — jazo.
Ering suydi — eling suydi.
Eringga yoqding — elingga yoqding.
Erni er qiladigan ham xotin,
Qaro yer qiladigan ham xotin.
Erniki — tashdan, xotinniki — ichdan.
Erning yoshi ikki o‘ttiz,
Bittasini urdik biz.
Erning otini xotin chiqarar,
Xotinning otini o‘tin chiqarar.
Erning topganiga xotinniki qo‘r bo‘lar.
Er-u xotin urushar,
O‘rtaga nodon tushar.
Eshik ko‘rgan yurt buzar,
Beshik ko‘rgan yurt tuzar.
Eshik ko‘rganni emas,
Beshik ko‘rganni ol.
Yuguruk otga yol bitmas,
Toq yigitga mol bitmas.
Yangamning sho‘rvasini shirin qilgan
Akamning masallig‘i.
Yaxshi bo‘lsang, noming chiqar,
Yomon bo‘lsang — xotining.
Yaxshi kelin — kelin,
Yomon kelin — o‘lim.
Yaxshi ko‘rsang bolasin,
Izzat qilgin onasin.
Yaxshi otga qamchi ursang,
Chopar avaylab.
Yomon xotin ishin qilar
Hamisha poylab.
Yaxshi ro‘zg‘or — jannat,
Yomon ro‘zg‘or — do‘zax.
Yaxshi to‘n — to‘y savlati,
Yaxshi xotin — uy ziynati.
Yaxshi xotin arpa unni kabob qilar,
Yomon xotin bug‘doy unni xarob qilar.
Yaxshi xotin belgisi —
Buxori qilar terini,
Mullo qilar erini.
Yomon xotin belgisi —
Shaldiroq qilar terini,
Baqiroq qilar erini.
Yaxshi xotin belgisi — xirom qilar terini,
Yomon xotin belgisi — yerga bukar erini.
Yaxshi xotin — betidan semirar,
Yomon xotin — ketidan.
Yaxshi xotin jun qarz olar,
Yomon xotin un qarz olar.
Yaxshi xotin ishlik bo‘lar,
Yomon xotin — tishlik.
Yaxshi xotin yigit nomin ko‘tarar,
Yomon xotin yigit nomin yo‘qotar.
Yaxshi xotin yo‘q narsangni bor etar,
Yomon xotin keng uyingni tor etar.
Yaxshi xotin yo‘qni yo‘mzab to‘ydirar,
Yomon xotin yolg‘iz otni so‘ydirar.
Yaxshi xotin kelmasdan burun kuldirar,
Yomon xotin o‘hnasdan burun o‘ldirar.
Yaxshi xotin ko‘pga qo‘shar,
Yomon xotin ko‘pdan chiqarar.
Yaxshi xotin olib bersang yigitga,
Ming kuni bir kun bo‘lib o‘tar.
Yomon xotin olib bersang yigitga,
Bir kuni ming kun bo‘lib o‘tar.
Yaxshi xotin — uy bo‘stoni,
Yomon xotin — zimistoni.
Yaxshi xotin — uy ziynati,
Yomon xotin — to‘y ziynati.
Yaxshi xotin — uyning guli.
Yaxshi xotin — umr boli,
Yomon xotin — jon zavoli.
Yaxshi xotin — xazina.
Yaxshi xotin erini elga bosh qilur,
Yomon xotin erini gado qilur.
Yaxshi xotin erini yashartirar,
Yomon xotin erini tez qaritar.
Yaxshi xotin erta turib charx yigirar,
Yomon xotin erta turib o‘choq kavlar.
Yaxshi xotin yuzida oy ko‘rinar,
Yomon xotin qovog‘idan qor yog‘ilar.
Yaxshi xotin — yarim rizq.
Yaxshi xotin — hamisha bahor.
Yaxshi qo‘shni — ota-ona,
Yomon qo‘shni — boshga balo.
Yaxshi qo‘shni uzoq qarindoshdan yaxshi.
Yaxshi qo‘shniga yalinguncha,
Yomon uyingni axtar.
Yaxshi hamsoya guldir,
Yomon hamsoya cho‘ldir.
Yaxshi hamsoya orasidan
Qisir echkining qili o‘tmas.
Yaxshining ketidan qolma,
Yomonning qizini olma.
O‘z uyim — o‘lan-to‘shagim.
O‘z uyimning xushligi —
Oyoq-qo‘limning bo‘shligi.
O‘zim hisoblasam, qulunli biya,
Otam bilan hisoblasam, bo‘tali biya.
O‘zing suyganni olguncha,
O‘zingni suyganni ol.
O‘zing o‘yda bo‘lsang ham, o‘ying uyingda bo‘lsin.
O‘nta o‘g‘lim bo‘lguncha, bitta cholim bo‘lsin.
O‘nqir edi, cho‘nqir edi — uyim edi,
Ayiq edi, sayiq edi — erim edi.
O‘rgimchak ham o‘z uyim deydi.
O‘roq tutib otang qolguncha,
O‘ymoq tutib enang qolsin.
O‘rta yo‘lda oting o‘lmasin,
O‘rta yoshda — xotining.
O‘tinning yaxshisi — yantoq,
Xotinning yaxshisi — qalmoq.
O‘tinsiz qozon qaynamas,
Xotinsiz uy yayramas.
O‘g‘limning ilik oshidan
Erimning urgan toshi yaxshi.
O‘g‘ling ahmoq bo‘lsa ham,
Kelining dono bo‘lsin.
O‘g‘ling boqsin, kelining sog‘sin.
O‘g‘ling yomon bo‘lsa, keliningdan ko‘r,
Qizing yomon bo‘lsa, kuyovingdan ko‘r.
Qaynona qaynaydi,
Kelin aynaydi.
Qaynona qo‘lidan yog‘lik cho‘zma yegandan
Ona qo‘lidan quloq cho‘zma yegan yaxshi.
Qaynonaga tosh otsang, tosh olasan,
Qaynonaga osh bersang, osh olasan.
Qaynonam — qaynonam,
Qayin egachimdan qo‘rqaman.
Qaynota ham — ota, qaynona ham — ona.
Qalmoq olgan qarimas,
Arg‘umoq mingan horimas.
Qiyomat kuni — qo‘shnidan.
Qiz olmagan yigit qizdan suluv.
Qizginamning bolasi —
Qandak o‘rik donasi.
O‘g‘ilginamning bolasi —
Hay-hay uning onasi.
Qiziga joni achigan kelinini saqlar.
Qizim senga aytaman,
Kelinim sen eshit.
Qizimning qaynonasi yomon,
O‘zimning kelinim yomon.
Qizing bo‘y yetsa, qizi yaxshi bilan qo‘shni bo‘l,
O‘g‘ling er yetsa, o‘g‘li yaxshi bilan qo‘shni bo‘l.
Qozon olsang, qoqib ol,
Xotin olsang, boqib ol.
Qozonda jiz-biz,
Ko‘rpada siz-biz.
Qora tutni qoqmang,
Nevarani boqmang.
Qorong‘ida qichqirsang,
Hamsoyang tovush berar.
Qudali xotin quyruq yer,
Erli xotin — kaltak.
Qudangdan qarz so‘rama.
Qudangdan qo‘y so‘rama,
Qo‘shningdan uy so‘rama.
Qurbaqaning tirikligi koi bilan,
Xotinning tirikligi el bilan.
Qo‘shni devor tagini kavlasang,
O‘zingga darcha ochilar.
Qo‘shni keldi — ko‘mak keldi,
Et keldi — suyak keldi.
Qo‘shni oshi — qo‘shniga qarz.
Qo‘shni qo‘shnidan erta turishni o‘rganar.
Qo‘shni — qo‘shnining bozori.
Qo‘shniga qarama, o‘ngishiga qara.
Qo‘shniga qasd etma, bast et.
Qo‘shniga qo‘shnining tovug‘i ko‘rkli ko‘rinar.
Qo‘shnida pishar,
Bizga ham tushar.
Qo‘shnimning bilgani — hammaning bilgani.
Qo‘shning yomon bo‘lsa, yomonlik kelar,
Qo‘shning yaxshi bo‘lsa — omonlik.
Qo‘shning ko‘r bo‘lsa, ko‘zingni qis.
Qo‘shning yaxshi bo‘lsa, ko‘r qizing ham erga tegar.
Qo‘shningga yomonlik sog‘inma.
Qo‘shningni yanima, kinoya so‘z dog‘ etar,
Qurbing yetsa ko‘maklash, eshigingni bog‘ etar.
Qo‘shnining minnatli oshidan
Chumchuqning soyasi afzal.
Qo‘shnining oshi — totli.
Qo‘shnining oshi — g‘avg‘oning boshi.
Qo‘shnining tovug‘i g‘oz ko‘rinar,
Kelinchagi — qiz.
Qo‘shnisi yaxshi qarimas.
G‘oz achchig‘i — qarg‘aga,
Qiz achchig‘i — yangaga.
Har kim o‘z uyida podsho.
Hovli olma, qo‘shni ol.