No‘mon Rahimjonov. XX asrning eng yaxshi asarlari

No‘mon Rahimjonov — adabiyotshunos olim.

1. XX asr jahon adabiyotining 10 eng yaxshi asari deb qaysi asarlarni tilga olasiz?

1. Chingiz Aytmatov. «Qiyomat» (roman), «Asrga tatigulik kun» (roman).
2. Jeyms Joys. «Uliss» (roman).
3. Kabo Abe. «Qumdagi xotin» (roman).
4. Alber Kamyu. «Vabo» (roman).
5. Xulio Kortasar. «O‘yin» (roman).
6. Frants Kafka. «Qo‘rg‘on» (roman).
7. Gabriel Garsia Markes. «Yolg‘izlikning yuz yili» (roman).
8. Jan Pol Sartr. «O‘qchiq» (roman).
9. Uilyam Folkner. «Mayitlarni tahqirlovchi» (roman).
10. Mixail Sholoxov. «Tinch Don» (epopeya).

2. XX asr o‘zbek adabiyotidagi eng yaxshi 10 asarni tilga oling.

1. Abdulla Qodiriy. «O‘tkan kunlar» (roman), «Mehrobdan chayon» (roman).
2. Abdurauf Fitrat. «Abulfayzxon» (drama), «Shaytonning tangriga isyoni» (she’riy drama).
3. Cho‘lpon. «Kecha va kunduz» (roman).
4. Oybek. «Navoiy» (roman).
5. G‘afur G‘ulom. «Shum bola» (qissa).
6. Maqsud Shayxzoda. «Mirzo Ulug‘bek» (drama), «Jaloliddin Manguberdi» (she’riy drama).
7. Izzat Sulton. «Alisher Navoiy» (Uyg‘un bilan hamkorlikda), «Iymon» pesalari.
8. Mirkarim Osim. «To‘maris» (qissa), «O‘tror» (qissa).
9. Yavdat Ilyosov. «So‘g‘diyona» (roman).
10. Shukur Xolmirzayev. «Qora kamar» (pesa).

Manba: «Hurriyat» gazetasi, 1999 yil, 12-18 may soni.