O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi

Afg‘onistonning Balx viloyati Qaldar tumanida O‘zbekiston tomonidan yo‘llangan insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. Qayd etilishicha, tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirib, insonparvarlik yordami o‘z vaqtida ko‘rsatilayotganini ta’kidlagan. Jumladan, tuman rahbari M.Vali O‘zbekistonning davomi…

Qozog‘istonda uchastka komissiyalari referendumga tayyor ekani ma’lum qilindi

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasining majlisida referendum uchastkalarining ovoz berishga tayyorligi haqida ma’lumot berildi, deb xabar beradi “Kazinform” agentligi. “Hamkasblarimizning aytishicha, uchastka komissiyalari ovoz berish kuniga shay. Saylov byulletenlari saylov uchastkalariga yetkazilib, ularning xavfsizligi ta’minlandi”, – dedi MSK raisi Nurlan Abdirov. davomi…

Turkiya prezidenti “The Economist” nashri uchun maqola yozdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Buyuk Britaniyaning “The Economist” nashrida chop etilgan maqolasida rasmiy Anqara nima uchun Shvetsiya hamda Finlyandiyaning NATOga kirishiga qarshi chiqayotgani sabablarini tushuntirdi. Maqolada NATOdagi hamkorlar Turkiyaning mazkur tuzilmaga qo‘shgan hissasini unutib qo‘yganlari bayon etilgan. “Turkiyaning NATO davomi…

Toshkentda ham “Turk oshxonasi haftaligi” doirasida tadbir o‘tkazildi

21-27 may kunlari dunyo bo‘ylab “Turk oshxonasi haftaligi” o‘tkazildi. 27 may kuni mazkur haftalik doirasida Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasida ham tadbir tashkil etildi. Turkiyaning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar turk pazandaligi asrlar davomida turli tamaddunlarning ilg‘or usullarini uyg‘unlashtirgan holda davomi…

O‘zbekiston–Malayziya: hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi

Foto: “Dunyo” AA Bugun, 19 may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Malayziya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kamarudin Jaffar bilan uchrashuv o‘tkazdi. “Dunyo” axborot agentligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston–Malayziya kun tartibidagi keng ko‘lamli davomi…

“Siz Jazoirni bilasizmi?” – Toshkentda o‘tkazilgan ma’rifiy tadbir ikki muhim sanaga bag‘ishlandi

17 may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Siz Jazoirni bilasizmi?” tanlovining yakuniy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov Jazoir xalq demokratik respublikasi mustaqilligining 60 yilligi hamda O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi doirasida tashkil etildi. Tanlov davomi…

Qozog‘iston elchisi mamlakatdagi yangi siyosiy islohotlar mohiyatini tushuntirdi

Bugun, 17 may kuni Toshkentda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan, “Bilim karvoni” nodavlat ilmiy muassasasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda joriy yil 5 iyun kuni referendumga qo‘yiladigan Qozog‘iston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritishga doir qonun loyihasi muhokama etildi. Ilmiy mashvaratda elchixona davomi…

O‘zbekiston terma jamoasi Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida o‘nta medalni qo‘lga kiritdi

Toshkentda maktab  o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan 56-Xalqaro Mendeleev kimyo  olimpiadasida O‘zbekiston  terma jamoasi 1 ta  oltin,  4  ta  kumush  va  5  ta  bronza,  jami  10 ta  medalni  qo‘lga  kiritdi,  deb  xabar  berdi  “Dunyo” AA. Prezident  ta’lim  muassasalari  agentligi  ma’lumotiga  ko‘ra,  poytaxtimizdagi davomi…

Toshkentda qadimiy yapon san’atiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

Toshkentdagi Ikuo Hirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida “Bonsay san’ati – tabiat uyg‘unligi” deb nomlangan ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Yaponiyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fujiyama ishtirok etdi. Diplomat o‘z nutqida bonsay ko‘rgazmasi Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar davomi…