Nazarmat. Tabarruk javon (hikoya)

Qishloq kutubxonasiga keldim. Ikki qavatli sakkiz xonadan iborat ko‘rkam va shinam bino. Ikkinchi qavatdagi keng xona qiroatxona. Bu yerda yoshu qari kitob muxlislari ekan, ular o‘zlari qiziqqan adabiyotlarni ko‘zdan kechirish bilan band.Bir mahal qishloq o‘rtasidagi mangu olov yonida ko‘rgan va davomi…

Nazarmat. Ta’zim (hikoya)

Men yaqinda tog‘dagi olis bir qishloqda bo‘ldim.Qishloq markazidagi gulzorda mangu olov yonib turibdi. Gulxan yonida urushda halok bo‘lgan qishloq mardi-maydonlarining xotirasiga marmardan yodgorlik tiklangan.Soqoli ko‘ksiga tushgan, yoshi yetmishlarga borgan bir mo‘ysafid olti-etti yashar nevarasini yetaklab, yodgorlik yoniga keldi. Boboning ham, davomi…

Botu. Hoshimjon (hikoya)

Hoshimjon bu kun juda qayg‘uli. Ichiga chiroq yoqsang yorimaydi. Har tovush uning achchig‘ini qitiqlaydi. Ayniqsa, ko‘chada g‘irillab yurgan avtomabillarning g‘ut-g‘utlari uning asablariga larza beradi.Hukumat avtomabillarida yurguchilarga qarshi turli fikrlar bugun Hoshimjonning miyasini ezadilar, qiynaydilar.— Ulardan qay yerim kam? — deb davomi…

Botu. Yangi qishloq (hikoya)

Ko‘klam boshi. Hali yer qurigan emas. Tepalarda qor izlari bor. Ko‘klamning galgi kelishi Qurbonning ham yuragida to‘lqinlar qo‘zg‘otgan. Qurbon na kechasi va kunduzi tinchlana oladi. U havoga qaraydi. Yerga qaraydi va shodligidan kalta soqolini barmoqlari bilan tez-tez taraydi.— Qurbon, sen davomi…

Tohir Malik. Ota-onalar majlisi (hajviya)

(Kimga qiyin, ota bechoraga!) Maktablardagi  “ota-onalar majlisi”ga faqat onalarning borishi hech kimni ajablantirmay qo‘ygan paytda “Otalar majlisi” degan gap chiqdi-yu Oltmishboyning tinchi buzildi. Xotini bilan qizi bir hafta davomida majlisga borishi shartligini eslataverishib, boshini og‘ritib yuborishdi. Yakshanba kuni choyxonada oshlari davomi…

Tohir Malik. Pajaliska (hajviya)

Yozg‘uvchiga maktub Pajaliska Kaminani yo‘qlab onda-sonda bo‘lsa-da, maktub kelib turadur. Televideniye idorasidagi muhtaram muharrirlarning iltifoti va himmati ila o‘zbek tiliga doir mumammolar xususida berilmish bir ko‘rsatuvda ishtirok etib edim. Ne baxtki, bul suhbat tomoshabin o‘rtoqqa ma’qul tushib,  u zoti muhtaramning davomi…

Tohir Malik. Ashula bozori qayda? (hajviya)

Bo‘rining bir yumalab qo‘zichoqqa aylanganiga inonasiz-ku, tunda uyquga berilmish baqqolning tongda yozg‘uvchi kelbatida uyg‘onmog‘iga nechun ishonmaysiz, sadag‘ang ketay? Tushimga Julqunboy hazratlari kirsalar, ayb kimda bo‘lur? Baqqollikdan topgon-tutg‘onim «tirikchilik» atalmish shaloq arobani yurg‘izib turg‘on erdi. Subhi kozibda uyg‘onib, yozg‘uvchilikni kasb etarman, davomi…

Tohir Malik. Malades qizlar (hajviya)

Fel’eton yoki hajv deb o‘ylamang, mazkur bayon o‘zini Julqunboyning o‘rtancha jiyani deb hisoblovchi, yozg‘uvchilikka havasmand qo‘shnim bilan kaminaning choyxonadagi  kundalik g‘iybatlaridan bir shingil xalos. Hoy, bolangdan aylanay, man na deyman-u qo‘bizim na deydi? Rahmatli otang Abdumalik aka bunaqa emasdi, mo‘mingina davomi…

Tohir Malik. Internasional yozuvchi (hajviya)

Voy, voy, bo‘yginangdan aylanayin, Abdumalik akaning o‘g‘li! Ag‘imdan turtib, bag‘imdan turtib, axiyri yozg‘uvchilikka ham o‘rgatding-a! Ko‘rinmay qoldiyiz, qay go‘rlarda sanqib yuribsiz, diysanmi? Omma, san bola bag‘oyat zolim ekansan. Bir so‘z yozsam, “o‘xshamabdi”, diysan. O‘xshaganini yozsam, “Toshkancha gapirvoribsiz, adabiychasiga bo‘lsin”, diysan. davomi…