Turobjon Maqsudov. Lola (hikoya)

Zavq-shavqqa to‘lib shahar bog‘idan ketib borardim. Nogoh qo‘ng‘iroqdek tovush diqqatimni tortdi:— Amatijon, mana shu pulga bitta lolayizdan belasizmi?Ovoz kelgan tomonga qaradim. Atlas ko‘ylakchasi ustidan qizil kofta kiygan, qop-qora sochlariga qo‘nib turgan kapalakdek oq, lenta bog‘lab olgan jajji qizcha. U darvoza davomi…

Botir Nosirov. Oltin qasr fojiasi (qissa)

1. SOXTA ChAQALOQ Ziyolilarga xos zamonaviy kiyingan, bo‘ychan yigit qo‘lidagi yo‘rgaklangan chaqaloqni avaylab, odamlar orasidan chaqqonlik va ehtiyotlik bilan yelib o‘tdi-da, orqama-orqa kelayotgan atlas ko‘ylakli dilbargina ayolga tutqazdi. Juvon yo‘l chetidagi o‘rindiqda o‘tirib, chaqaloq bo‘ynidagi sariq lentaga bog‘langan so‘rg‘ichini to‘g‘rilab davomi…

Uyg‘un. Alamzadalar (hikoya)

Kechaning oltin chechaklari og‘ochlar orasidan nur sepadi. Tarqalib ketgan keng shoxlar yerlarga ola ko‘lanka tashlagan. Bog‘chaning o‘rtaligidagi gulzor, elektr shu’lasi ostida ajib bir ko‘rinish kasb etgan, mayin yelning qanotiga urilib, tiniq ko‘lning yumshoq mavjlari kabi chayqaladi. Qilli muzikaning yoqimli va davomi…

Sarvar Azimov. Nazokat (hikoya)

Har turfa odamni ko‘p ko‘rdim: nozik ta’bligini ham, to‘qim tabiatini ham. Bunisi o‘zgacha: muloyimlikdayam, tixirlikdayam boshqalardan ajralib turadi. Belorus o‘rmonlari kelini — oq qayin sharbatini emib yetilgani uchunmi, yoki… xullas, oti — Stanislav, oshna-og‘aynilari esa, negadir, uni Stas deb atashadi. davomi…

Nazarmat. Fazilat (hikoya)

Kupega qotma, qorato‘ri, qorday oppoq, siyrak sochi doka ro‘moli tagidan chiqib turgan bir keksa ayol kirdi. U bir qo‘lida chamadon, bir qo‘lida besh-olti yashar qizaloqni ushlab olgan. Eshik oldida turib menga, so‘ng polkaga qaradi. O‘rnimdan tez qo‘zg‘alib, keksa onaga salom davomi…

Nazarmat. Tabarruk javon (hikoya)

Qishloq kutubxonasiga keldim. Ikki qavatli sakkiz xonadan iborat ko‘rkam va shinam bino. Ikkinchi qavatdagi keng xona qiroatxona. Bu yerda yoshu qari kitob muxlislari ekan, ular o‘zlari qiziqqan adabiyotlarni ko‘zdan kechirish bilan band.Bir mahal qishloq o‘rtasidagi mangu olov yonida ko‘rgan va davomi…