Tekislik nima?

Tekislik daraxtlari bo‘lmagan va o‘t-o‘lanlar bilan qoplangan katta hududdir.

U Yer yuzasining ko‘p tarqalgan relef ko‘rinishlaridan biridir. Tekislik, odatda, iqlimi juda issiq yoki yog‘ingarchilik miqdori yilbo‘yi 400 mm (2 dyuym) dan oshmaydigan joylarda uchraydi.

Katta tekisliklar, asosan, Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo, Janubiy Afrika, shuningdek, Amerikada mavjud.

Tekislik Osiyoda cho‘l, Shimoliy Amerikada preriya, Janubiy Amerikada pampas, Afrikada savanna deb ataladi.

Tabiat o‘t-o‘lanlarga boy tekisliklarni tuyoqli hayvonlarga mo‘ljallab yaratgan. Inson ulardan chorvani boqish uchun foydalanadi.

Qadim zamonlardan beri tekisliklarda qora va ushoq mollar o‘tlab yuradi. Hech kim ularni boqmaydi. Ular yemishni o‘zlari axtarib topadi. Inson ularni yirtqichlardan qo‘risa, sug‘orib tursa bo‘lgani.

Chorva mollaridan sut va go‘sht bilan bir qatorda teri va jun ham olinadi. Teridan har xil charm buyumlar, oyoq kiyimlari tayyorlanadi.

Bugungi yerni qayta ishlash texnologisi tekisliklardan turli maqsadlarda foydalanish imkonini beradi.

Inson irrigatsiya (qazilgan kanallar va yotqizilgan quvurlar) yordamida don ekinlari, avvalo, g‘alla yetishtirish uchun tekisliklarda dalalar tuzay boshladi.

Bunday texnologiyadan, asosan, Rossiya, Qozogiston va AQShning janubi-g‘arbida foydalaniladi.