Ko‘chish nima?

Ayrim qushlar yilni bir joyda o‘tkazmaydi. Fasllar o‘zgarishi yoki ovqatning kamayishi bilan ular boshqa joyga uchib ketadi.

Shunisi borki, birinchi holda ular yana qaytib keladi, ikkinchi holda esa yangi joyda o‘rnashib qoladi.

Ko‘chish — hayvonlar guruhining ular yashayotgan joydagi sharoit yoki rivojlanish davri taqozosi bilan bir joydan ikkinchi joyga o‘rnashishini anglatadi. Mavsumiy va tasodifiy ko‘chishlar o‘rtasida farq mavjud. Tasodifiy ko‘chishlar qurg‘oqchilik, o‘rmon yong‘inlari, yem-xashak qahatchiligi tufayli sodir bo‘ladi. Boshqa bir joydan uchib o‘tishlar va joyini o‘zgartirishlar davriylik belgisidir.

Uzoq masofalarga ko‘chib o‘tish qushlarga xos xususiyat. Masalan, dengiz qaldirg‘ochlari 20 000 kilometr masofani ortda qoldirib, Arktikadan Antarktidaga uchib boradi. Mana shu jihatdan ayrim tur baliqlarning ko‘chishi kamdan-kam uchraydigan hodisadir. Syomga daryolarning yuqori qismida dunyoga keladi. So‘ng dengizga suzib kelib, shu yerda yashay boshlaydi, uvuldiriq sochish payti kelganda yana oqimga qarshi suzib (oqim kuchi qanchalik bo‘lishidan qat’i nazar), o‘zi dunyoga kelgan joyiga boradi.