Mashhur yettiliklar

Dunyoda sonlar bilan bog‘liq turli afsonalar yuradi. Ko‘pgina xalqlarda esa 7 soni xosiyatli raqam hisoblanadi. Aslida bu hech narsani hal qilmasa-da va hech qanday ilohiy mantiqqa ega bo‘lmasa-da, hayotda shu son bilan bog‘liq bir qancha ajoyibotlar mavjud. 7 kun, 7  mo‘jiza, 7 hazina, 7 avlod, 7 iqlim, 7 rang, 7 sayyora, 7 dengiz, 7 farz… Quyida mashhur yettiliklar bilan tanishasiz.

***************************************
Dunyoning yetti mo‘jizasi

1. Misr ehromlari
2. Bobil osma bog‘lari
3. Artemida ibodatxonasi
4. Galikarnas dahmasi
5. Zevs haykali
6. Rodosdagi haykal
7. Iskandariya mayog‘i

***************************************
O‘rta asrlarning yetti mo‘jizasi

1. Rim kollizeyi
2. Iskandariya yer osti yo‘llari
3. Buyuk xitoy devori
4. Avliyo Sofiya ibodatxonasi
5. Stonehenge
6. Piza minorasi
7. Nanjing budda ibodatxonasi

***************************************
Zamonaviy dunyoning yetti mo‘jizasi

Amerika fuqaro muhandislik jamiyati 20 asrda insoniyat tomonidan barpo etilgan quyidagi obidalarni zamonaviy dunyoning yetti mo‘jizasi deb atadi. Ushbu ro‘yxat dunyoning ko‘zga ko‘ringan arxitektorlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unda binolarning texnik va ijtimoiyu jihatlari hisobga olingan:

1. Channel Tunnel (Angliya va Frantsiyani bog‘lovchi suv osti kanali)
2. KN Tover (Torontodagi teleminora)
3. Empire State Building (Nev York shahridagi osmono‘par bino)
4. Golden Gate Bridge (San Fransiskodagi ko‘prik)
5. Itaipu Dam (Braziliya va Paragvaydagi to‘g‘on)
6. Netherlands North Sea Protektion Vorks (Niderlandiya Shimoliy dengiz muhofazasi)
7. Panama Kanal (Panama kanali)

***************************************
Dunyoning yangi yetti mo‘jizasi

National Geographicga ko‘ra quyidagilar dunyoning yangi yetti mo‘jizasidir:

1. Katta piramida (Misr)
2. Avliyo Sofiya ibodatxonasi (Turkiya)
3. Piza minorasi (Italiya)
4. Vashington maqbarasi (AQSh)
5. Eyfel minorasi (Frantsiya)
6. Toj Mahal (Hindiston)
7. Empire State Building binosi (AQSh)

Boshqa manbaga ko‘ra esa, quyidagicha:

1. Toj Mahal (Hindiston)
2. Buyuk Xitoy devori (Xitoy)
3. Kollizey (Rim)
4. Piza minorasi (Italiya)
5. Eyfel minorasi (Parij)
6. Pasxa orolidagi yodgorlik (Chili)
7. Chichin Itza piramidasi (Meksika)

Bu ro‘yxatlar eski jahon mo‘jizalari kabi aniq bo‘lmay, hali ham muhokama qilinmoqda. 2004 yili UNESKO tomonidan dunyoning yangi yetti mo‘jizasini aniqlash maqsadida internet-so‘rov boshlangan bo‘lib, u hali ham davom etmoqda. Natijalar 2006 yil 1 yanvarda e’lon qilinadi. Unga quyidagi nomzodlar qo‘yilgan:

1. Avliyo Sofiya ibodatxonasi (Turkiya)
2. Akropol (Gretsiya)
3. Panathinaiko stadioni (Gretsiya)
4. Kolizey (Italiya)
5. Dodjey saroyi (Italiya)
6. Piza minorasi (Italiya)
7. Toj Mahal (Hindiston)
8. Potala ibodatxonasi (Tibet)
9. Algambra ibodatxonasi (Ispaniya)
10. Versal saroyi (Ftansiya)
11. Angkor-Vat saroyi (Kombodja)
12. Petr dahmasi (Iordaniya)
13. Kiotodagi qirol saroyi (Yaponiya)
14. Aahan federal sobori (Germaniya)
15. Barselonadagi Muqaddas oila sobori (Ispaniya)
16. Buyuk Xitoy devori (Xitoy)
17. Eski San’a shahri (Yaman)
18. Eyfel minorasi (Frantsiya)
19. Ozodlik haykali (AQSh)
20. San-Frantsiskodagi “Oltin darvoza” ko‘prigi (AQSh)
21. Maya piramidasi (Meksika)
22. Sidney opera teatri binosi (Avstraliya)
23. Pasxa orolidagi yodgorlik (Chili)
24. Timbuktu shahri (Mali)
25. Empire State Building (Nev York)
26. Macho-Pichku qal’asi (Peru)
27. Kreml saroyi (Rossiya)

***************************************
O‘rta asrlarning unutilgan yetti mo‘jizasi

1. Abu Simbel dahmasi
2. Angkor Vat
3. Toj Mahal
4. Saint-Michel tog‘i
5. Moai Statusi
6. Parfenon
7. Shvedagon budda ibodatxonasi

***************************************
Dunyoning yetti tabiiy mo‘jizasi

1. Everest cho‘qqisi
2. Katta Barriyer rifi
3. Grand Kanyon
4. Viktoria sahrsharasi
5. Rio de Janeiro bo‘g‘ozi
6. Parikutin vulqoni
7. Shimoliy ko‘llar

***************************************
Dunyoning yetti suvosti mo‘jizasi

1. Palau
2. Beliz Barriyer rifi
3. Galapagos orollari
4. Shimoliy Qizil dengiz
5. Baykal ko‘li
6. Katta Barriyer rifi
7. Chuqur dengiz ventillari

***************************************
Dunyoning unutilgan yetti mo‘jizasi

1. Big Ben soati
2. Eyfel minorasi
3. Gatevay ustuni
4. Asvan to‘g‘oni
5. Guver to‘g‘oni
6. Mount Rushmore milliy memoriali
7. Petronas minorasi

***************************************
Dunyoning unutilgan yetti tabiiy mo‘jizasi

1. Anhel sharsharasi
2. Fundy qo‘ltig‘i
3. Iguasu sahrsharasi
4. Krakatoa oroli
5. Fuji tog‘i
6. Kilimanjaro tog‘i
7. Niagara sharsharasi

***************************************
Etti xazina

1. Sigir – ro‘zg‘orning qassobi va baqqoli
2. Asalari – oilaning tabibi
3. Ipak qurti – qizlarning sepi
4. Objuvoz – qozonning yog‘i
5. Tegirmon – qorinning belbog‘i
6. O‘rmon – imorat “suyagi”, qozon olovi
7. Tovuq – ham obiyovg‘on, ham dori-darmon

***************************************
Hafta kunlari

O‘zbekcha: Juma, Shanba, Yakshanba, Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba
Arabcha: Yavmul-jum’a, Yavmus-sabt, Yavmul-ahad, Yavmul-isnayn, Yavmus-salasa, Yavmul-arba’a, Yavmul-hamis
Turkcha: Juma, Jumartesi, Pazar, Pazartesi, Sali, Charshamba, Pershembe
Inglizcha: Friday, Saturday, Sunday, Monday, Tuyesday, Vednesday, Thursday
Forscha: Odina, Shanba, Yakshanba, Dushanba, Seshanba, Chahorshanba, Panjshanba
Ruscha: Pyatnitsa, Subbota, Vosskresene, Ponedelnik, Vtornik, Sreda, Chetverg
Latincha: Diyes Solis, Diyes Lunaye, Diyes Martis, Diyes Merkurii, Diyes Jovis, Diyes Veneris, Diyes Saturni
Saksoncha: Sunnandayeg, Monandayeg, Tivesdayeg, Vodnesdayeg, Thunresdayeg, Frigedayeg, Sater–dayeg
Nemischa: Sonntag, Montag, Diyenstag, Diyenstag, Donnerstag, Freitag, Samstag
Frantsuzcha: Dimanche, Lundi, Mardi, Merkredi, Jeudi, Vendredi, Samedi
Italiancha: Domenika, Lunedi, Martedi, Merkoledi, Giovedi, Venerdi, Sabato
Ispancha: Domingo, Lunes, Martes, Miyerkoles, Juyeves, Viyernes, Sabado

***************************************
Moddalarning yetti ko‘rinishi

1. Qattiq holati
2. Suyuq holati
3. Gazsimon holati
4. Plazma holati
5. Neytron holati
6. Epiplazma holati
7. Fizik vakuum holati

***************************************
Etti musiqa notasi

1. Do
2. Re
3. Mi
4. Fa
5. Sol
6. Lya
7. Si

***************************************
Etti avlod

1. Farzand
2. Nevara
3. Chevara
4. Evara
5. Pannevara
6. Ovora
7. Begona

***************************************
Etti iqlim

1. Ekvatorial
2. Subekvatorial
3. Tropik
4. Subtropik
5. Mo‘tadil
6. Subarktik
7. Arktik

***************************************
Etti rang

1. Oq
2. Sariq
3. Qizil
4. Qora
5. Ko‘k
6. Yashil
7. Apelsin rang

***************************************
Etti sayyora

Qadimgi xalqlar yetti muqaddas sayyora inson hayotiga, taqdiriga, o‘zaro harakatlariga bog‘liq deb tushunganlar va shundan hafta kunlarini chiqarganlar. Quyosh va Oyni ham shunga kiritishgan. Ular:

1. Quyosh – Oftob, Shams, Xurshid, Mehr, Yashiq; Kuch-g‘ayrat ramzi
2. Oy – Qamar, Moh, Anbar, Yalchiq; Dilbarlik ramzi
3. Mars – Mirrix, Bahrom, Ko‘rkud; Jangu jadal timsoli. Greklarda urush xudosi
4. Merkuriy – Atorud, Hulkar, Surayyo, Orzu, Dabir; Aql-zakovat, donolik ramzi
5. Yupiter – Mushtariy, O‘ngoy, Qoraqush, Burjis; Baxt ramzi
6. Venera – Zuhro, Cho‘lpon, Sirius, Yildiriq, Nohid, Saqid; Sevgi ramzi
7. Saturn – Zuhal, Sekantir, Kronos; Dehqonchilik va hosildorlik ramzi

***************************************
Etti mukammal fanlar

Qadimgi va o‘rta asr ta’lim tizimida ongni va mantiqni yuksaltiruvchi yetti fan mavjud edi. Ushbu fanlarni qadimgi yunon mutafakkirlari komillika eltuvchi yo‘l deya ta’riflaganlar:

1. Grammatika
2. Mantiq
3. Ritorika
4. Geometriya
5. Arifmetika
6. Astronomiya
7. Musiqa

***************************************
Qadimgi greklarning yetti donishmandi

Eramizdan avvalgi 6-7 asrlarda qadimgi Yunonistonda yashagan faylasuf va siyosatchilarning eng mashhurlari “etti donishmandlar”dir:

1. Priyenlik Bias (er.av. 6 asr)
2. Spartalik Chilon (er.av. 6 asr)
3. Linduslik Kleobulus (er.av. 6 asr)
4. Korinflik Periander (er.av. 585 yilda vafot etgan)
5. Maytilenlik Pittakus (er.av. 650-570)
6. Afinalik Solon
7. Miletlik Fales

***************************************
Etti dengiz

Qadimgi dengizchilar dunyoni 7 dengi o‘rab turadi deb hisoblaganlar(okeanlarni ham kiritganlar):

1. Shimoliy Atlantika okeani
2. Janubiy Atlantika okeani
3. Shimoliy Tinch okeani
4. Janubiy Tinch okeani
5. Hind okeani
6. Arktika okeani
7. Janubiy okean

***************************************
Qadimgi Rimning yetti podshosi

Afsonalarga ko‘ra Rimni dastlab boshqargan 7 podsho er.av. 753 yildan 510 yilgacha hukmronlik qilganlar:

1. Romulus
2. Numa Pompilius
3. Tullus Hostilius
4. Ankus Marsius
5. Lusius Tarquinius Priskus
6. Servius Tullius
7. Lusius Tarquinius Superbus

***************************************
Qadimgi yaponlarning yetti xudosi

Qadimda yaponlar baxt, boylik va uzoq umr keltirishi uchun 7 ta xudoni o‘ylab topishdi. Bunga e’tiqod qilish 15 asrga kelib judayam kuchaydi. Ular:

1. Ebisu – baliq ovlash va savdo xudosi
2. Daikoku – boylik va qishloq ho‘jaligi xudosi
3. Bishamonten – omad xudosi
4. Benzaiten – suv va musiqa xudosi
5. Hotei – moy xudosi
6. Fukurokuju – Abadiyat xudosi
7. Jurojin – Uzoq umr xudosi

***************************************
Etti opa-ukalar

Qaqimgi yunon miflariga ko‘ra, Pleonlik Atlas bilan Okeanusning qizlari. Mifga ko‘ra ular otalarining ayanchli taqdiridan yoki opalari Hyadesning o‘limidan ranjib o‘z jonlariga qasd qiladilar. Koinotdagi ba’zi yulduzlar ularning nomi bilan ataladi:

1. Elektra
2. Maia
3. Taygete
4. Alkyone
5. Selayeno
6. Sterope
7. Merope

***************************************
Etti qavat osmon

Imom Buxoriy va Imom Muslimlardan rivoyat qilingan “isro va me’roj” haqidagi hadislarda payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.ning Masjidul aqsodan osmonga ko‘tarilganliklari haqida rivoyat qilinadi. Ushbu hadisga ko‘ra, Rasululloh s.a.v. yettita osmondan o‘tadilar va har bir osmonda quyidagi payg‘ambarlar bilan uchrashadilar:

1. Birinchi osmon – Odam alayhissalom
2. Ikkinchi osmon – Iso va Yahyo alayhissalomlar
3. Uchinchi osmon – Yusuf alayhissalom
4. To‘rtinchi osmon – Idris alayhissalom
5. Beshinchi osmon – Horun alayhissalom
6. Oltinchi osmon – Muso alayhissalom
7. Yettinchi osmon – Ibrohim alayhissalom

***************************************
Arshning soyasidagi yetti kimsa

Abu Hurayra r.a. Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. dan shunday rivoyat qiladilar: “Etti kishini Alloh taolo Arshning soyasida soyalantiradi:

1. Odil boshliqni;
2. Yoshlikdan Allohning ibodati bilan o‘tgan kishini;
3. Yolg‘iz holida Allohni eslab ko‘z yosh to‘kkan kishini;
4. Qalbi doim masjid bilan bog‘langan kishini;
5. O‘ng qo‘li bilan bergan sadaqani chap qo‘li bilmagan (ya’ni, maxfiy sadaqa qilgan) kishini;
6. Alloh yo‘lida do‘stlashgan ikki kishini;
7. Chiroyli ayol fahshga chorlaganda “Alloh taolodan qo‘rqaman”, deb bosh tortgan kishini”.

***************************************
Islomda iymondagi yetti farz

1. Allohga;
2. Allohning farishtalariga;
3. Allohning kitoblariga;
4. Allohning payg‘ambarlariga;
5. Oxirat kuniga;
6. Taqdirga, ya’ni yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga;
7. O‘limdan keyin qayta tirilmoqqa ishonish.

***************************************
Injildagi yetti halok qiluvchi gunoh

1. Mag‘rurlik
2. Baxillik
3. Ochko‘zlik
4. G‘azab
5. Yeb-to‘ymaslik
6. Hasad
7. Dangasalik

Davronbek Tojialiyev tayyorladi.