Abdulla Boqiy (1978)

Abdulla Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) 1978 yil 15 aprelda Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan. Respublika «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi. «Siyrat» adabiy to‘garagi asoschisi. Abdulla Boqiy «Ko‘ngil ko‘chalari», «Ayol qalbi», «Oliy xo‘jalik sudi Axborotnomasi», «Huquq va burch», «Intellekt» nashrlarida davomi…

Zilola Xo‘janiyozova (1973)

1973 yilning 16 iyunida tug‘ilgan. Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan. 2002 yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. “Yuragimda bir gul o‘sadi”, “Dil shevasi”, “Ko‘ngilga yo‘l”, “Hulvo” (Turkiya), “Sog‘inch shivirlari”, “Aksioma”, “Kel,ey davomi…

Jasur Kengboyev. Sinov (qissa)

Osmon yig‘lamay, yer kulmas. Maqol Inson o‘ziga aziz bilgan narsalarni barbod qilishga moyil bo‘ladi. Eski-tuski buyumlar, keraksiz jihozlar, sarg‘ayib ketgan taxlam-taxlam gazeta-jurnallar, bag‘ri qon qoralamalarini to‘plab, ko‘hnachilarga topshirishga ahd qildi. Qog‘ozlarni saralayotib, talabalik paytida tutgan bir qora jildli yondaftarga nigohi davomi…

Rahmon Qo‘chqor (1961)

Rahmon Qo‘chqor (Rahmon O‘rmonovich Qo‘chqorov) 1961 yil 18 iyun kuni Andijon shahrida tug‘ilgan. 1987 yili Toshkent davlat universitetining O‘zbek filologiyasi fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1991 yilda “Abdulla Qahhor romanlarining ijodiy tarixi” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. O‘zbekiston televideniyesida davomi…

Hamidjon Homidiy (1935-2024)

Hamidjon Homidiy 1935 yil 4 oktyabrda Namangan viloyati, Kosonsoy shahrida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, Kosonsoy bosmaxonasida xarf teruvchi, gazetaning ma’sul kotibi bo‘lib ishlagan. 1956-61 yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi universitet)ning “Tarix-filologiya” fakultetida tahsil olgan. 1967 yili “Firdavsiy davomi…

Dilmurod Quronov. «Adabiyot nadir» yoki Cho‘lponning mangu savoli

Dilmurod Quronov. «Adabiyot nadir» yoki Cho‘lponning mangu savoli. Adabiy-tanqidiy maqolalar / Toshkent, “Zarqalam” nashriyoti, 2006, – 128 b. Kitobda Cho‘lponning XX asr boshida «Adabiyot nadir?» deya qo‘ygan savoliga bugungi adabiy nuqtai nazardan mulohazalar bildiriladi. Shuningdek olim adabiyotimizdagi ko‘pgina asarlarga, yozuvchi davomi…

Istiqlol. Adabiyot. Tanqid

Istiqlol. Adabiyot. Tanqid… / Tuzuvchi va nashrga tayyorlovchilar: S. Quronov, R. Haydarova, R.Hakimjonova. – T.: «Turon zamin ziyo». 2014, – 312 b. Mazkur to‘plam adabiy jarayon haqidagi qizg‘in bahs-munozaralardan tarkib topgan. Unda Respublikamizning taniqli olimlari, ijodkorlari va faol yoshlarining XX davomi…