Sherkon Qodiriy. “Obid Ketmon”ga qaytib…

Adabiyot tarixidan ma’lumki, Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon”ni tamomlagach, “Amir Umarxonning kanizi” nomli tarixiy roman yozmoqchi bo‘lgan. Ammo 1932 yili 23 aprelda VKP (b) Markaziy Qo‘mitasi “Adabiy-badiiy tashkilotlarni qayta tuzish haqida” qaror qabul qiladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Xalq Komissarlari Soveti davomi…

Anor. Qo‘l qo‘lni yuvadi (hikoya)

Quyosh o‘zining ish kunini tugatib, shahar uzra yoyilgan oltinrang choyshabini yig‘ishtirib oldi. Boshlovchi romanist, o‘rtoq prozaik Lo‘tti Bozov xuddi ana shu paytda telefon trubkasini ko‘tarib, havaskor yosh tanqidchi, o‘rtoq olim Qorin Quliyevga qo‘ng‘iroq qildi. Undan-bundan, o‘tgan-ketgandan gaplashishdi. Suhbat so‘ngida o‘rtoq davomi…

Norboy Xudoyberganov. Birlikka undovchi so‘z (1990)

Keyingi paytlarda birlik, hamkorlik, ittifoq bo‘lib yashash, ishlash va kurashish xakida juda ko‘p gapirilyapti. Ittifoq prezidenti, jumhuriyat rahbarlaridan tortib oddiy fuqarogacha shu masala yuzasidan qizg‘in bahs yuritishmoqda. Farg‘onalik Sh. Zuhriddinov fikri bilan tanishamiz: «Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar», deydi dono xalqimiz. davomi…

Firuza Muhitdinova. Ajdodlar ruhiga mangu ehtirom

Qadimda qo‘llanilgan tug‘­lar davlat bayroqlarida, tam­g‘alarda o‘z aksini topganini sohibqiron Amir Temur bobomizning: “Amr qildimki, qaysi bir amir biron mamlakatni fath etsa, yo g‘anim lashkarini yengsa, uni uch narsa bilan mumtoz qilsinlar: faxrli xitob, tug‘ va nog‘ora berib, uni “bahodir” davomi…

Yoqub Umar o‘g‘li. Kasalxonada (hikoya)

Nazokat bilan salom berib, kasalxona palatasiga kirdik.Uch kishilik palataga shosha-pisha kirgandik. G‘ildirakli aravachadagi o‘g‘lim, rafiqam, do‘stligini ko‘rsatib, dardimizni yengillashtirgan doktor og‘aynim va men. O‘z dardiga g‘arq bo‘lgan kichik bir guruh. Palatada biz bilan bo‘ladigan bemorlar orasidan yoshrog‘i – qalin, uzun davomi…

Xo‘jageldi Kultegin (1960)

Xo‘jageldi Kultegin (Kojogeldi Kultegin) 1960 yil 18 fevralda Qirg‘izistonning Qoragulja tumani Alayku ovulida tug‘ilgan. Zamonaviy qirg‘iz shoiri, dramaturg, tarjimon, jamoat arbobi, Aliqul Osmonov nomidagi mukofot laureati. Qirg‘iz Respublikasi xalq shoiri (2016), Qirg‘iz Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi (2004). OYJAMOL Kechang davomi…