Yoshlar nima o‘qiyapti? So‘rovnomada ishtirok eting!

Ko‘pincha katta avlod vakillaridan “yoshlar kitob o‘qimay qo‘ydi” degan tanbehni eshitamiz. Haqiqatan ham shundaymi? Yoshlar faqat internet bilan andarmon bo‘lib, kitob o‘qimay qo‘ydimi? Ziyouz.uz portali hozirgi yoshlar qanday kitob o‘qiyotganlari bilan qiziqdi.

Portal tomonidan avvalroq “Ziyolilar: kim nima o‘qiyapti?” deb nomlangan so‘rovnoma o‘tkazilgan edi. Unda atoqli olimlar, yozuvchi-shoirlar, adabiyot va boshqa soha vakillari – millatimiz ziyolilari ishtirok etishgan edi. Shu an’anani davom ettirgan holda “Yoshlar nima o‘qiyapti?” mavzusida so‘rovnomaga ham start berildi. 12 oktyabrga qadar ushbu anketa savollariga javob bersangiz:

1. Ismi-sharifingiz.
2. Tug‘ilgan yilingiz (e’lon qilinmaydi, javoblar shunga ko‘ra tartiblanadi).
3. Kasbingiz, ish (o‘qish) joyingiz.
4. Hozir qaysi kitobni o‘qiyapsiz? (50 ta so‘zdan oshmasligi kerak).
5. So‘nggi o‘qigan kitobingiz (50 ta so‘zdan oshmasligi kerak).

Javoblar jamlanib, tartiblangandan so‘ng, www.ziyouz.uz saytida e’lon qilinadi. Yoshlar orasida eng ko‘p o‘qilayotgan kitob, muallif nomlari e’lon qilinadi. Shuningdek, yoshlar qaysi tillarda, qanday mavzularda mutolaa qilayotgani tahlil qilinadi.

Javob berayotganda kitob va uning muallifini aniq ko‘rsating. Kitob haqidagi fikringizni qisqacha bayon qiling. So‘rovnomani boshqa ziyoli yoshlarga ham yuborishingiz mumkin.

Javoblarni shu yerdan yuborishingiz mumkin: