Shanxayda Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi

Xitoyning Shanxay universitetida buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi, deb xabar qiladi Shanghai Daily nashri.

Mazkur yodgorlik O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan ochilgan. 

Bronza haykalining balandligi 3,6 metr, haykal tagkursisi balandligi esa 1,8 metrni tashkil qildi. Haykal tarhini o‘zbekistonlik haykaltarosh Ravshan Mirtojiyev chizgan. Xitoylik haykaltaroshlar esa uni bronzadan yasagan. Haykal og‘irligi 3 tonnani tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan 4 yil oldin – 2013 yilda Shanxay universiteti bog‘ida ushbu yodgorlik poydevoriga birinchi tosh qo‘yilgan edi.