“Mahbub Payg‘ambar (s.a.v.)” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

%image_alt%

www.ziyouz.uz va www.qadriyat.uz saytlari e’lon qilgan “Mahbub Payg‘ambar (s.a.v.)” nomli siyrat tanlovi yakunlandi. Tanlovga Olamlarga rahmat Payg‘ambar (s.a.v.) madh etilgan va siyratlari bayon qilingan she’r, na’t, manzuma, maktub, dil izhori, infografika, ilmiy maqolalardan iborat jami 92 ta ijodiy ish kelib tushdi.

G‘oliblarni aniqlashda ijodiy ishlarning mazmuni, manbaning ishonchliligi, uning sayt va ijtimoiy sahifalarimizda ommabop bo‘lganligi, badiiy xususiyatlari e’tiborga olindi. Tanlovga yuborilgan eng sara ijodiy ishlar www.ziyouz.uz va www.qadriyat.uz saytlarida e’lon qilindi.

“Mahbub Payg‘ambar (s.a.v.)” tanlovi g‘oliblari bilan tanishing.

1.-o‘rin. G‘iyosiddin Baratov, Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi – Rasululloh (s.a.v.) haqlaridagi turkum ilmiy maqolalari uchun. Ishtirokchimizga diplom va Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning 5 jildli “Xislatli hikmatlar sharhi” kitobi taqdim etiladi.

2-o‘rin. G‘iyosiddin Muhammad Yusuf – Muhammad alayhissalom siyratlari haqida maqolalari, tarjimalari uchun. Ishtirokchimizga diplom va Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning “Hadis va hayot” to‘plamidan 1-6-jildlar (1. Muqaddima; 2. Islom va iymon; 3. Niyat, ixlos, ilm; 4-5-6. Namoz) taqdim etiladi.

3-o‘rin. Ma’mura Abdurahimova, Farg‘ona viloyatidan – Olamlarga rahmat Payg‘ambarga (s.a.v.) turkum maktublari uchun. Ishtirokchimizga diplom va Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning “Hadis va hayot” to‘plamidan 4 ta kitob (20. Anbiyolar qissasi; 23. Jannat bashorati berilganlar va ahli bayt; 25. Nubuvvat xonadoni xonimlari; 29. Tafsir, tush va masallar) taqdim etiladi.

Tanlov g‘oliblariga mukofotlar yetkaziladi (Toshkent shahridan boshqa joylarga pochta orqali yuboriladi). G‘oliblardan tashkilotchilar bilan bog‘lanishlari so‘raladi.