AQSh O‘zbekiston bojxona idorasiga zamonaviy jihozlar taqdim etdi

AQSh O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasiga 230 ta radiatsiya detektori taqdim etdi. Shu munosabat bilan 23 fevral kuni o‘tkazilgan tadbirda AQShning yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen xonim va Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jasur Aripov ishtirok etdi. Zamonaviy jihozlar 2017 yil 1 avgustda AQSh va O‘zbekiston o‘rtasida tuzilgan o‘zaro Anglashuv memorandumiga muvofiq topshirildi.

AQSh va O‘zbekiston o‘rtasida yadro va radiologik qurol tarqatmaslik bo‘yicha hamkorlik xavfsiz va yanada bexatar dunyo barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yangi jihozlar yordamida O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasi chegara o‘tish punktlarida xavfli yadro va radiologik materiallarni samaraliroq aniqlaydi, deb xabar beradi AQSh elchixonasi matbuot xizmati.

AQShning keng qamrovli masalalarda hamkorligi O‘zbekiston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birga transmilliy tahdidlarga qarshi turishda mamlakat qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Vashington va Toshkent 2001 yildan buyon xavfli yadroviy, biologik, kimyoviy va radiologik materiallar tarqalishining oldini olishda yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

Shu mavzudagi maqolalar:

Farg‘ona vodiysidagi fuqarolik sudlari zamonaviy multimedia uskunalari bilan ta’minlandi. 17.10.2017

AQSh Inson huquqlari milliy markaziga adabiyotlar taqdim etdi. 27.02.2017