Unutilmas siymolar. Hojiakbar Shayxov (ko‘rsatuv)

Hojiakbar Shayxov (Hojiakbar Islom Shayx) 1945 yil 25 martda Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon viloyatidagi Chuguchak shahrida tug‘ilgan. O‘zbek ilmiy-badiiy fantastikasining asoschilaridan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1997). Ota-bobolari asli toshkentlik bo‘lib, Sharqiy Turkistonga kuchib ketishgan va 1955 yil vataniga qaytishgan. Toshkent politexnika institutining energetika fakultetini tugatgan (1971). 30 dan ziyod ilmiy-fantastik hikoyalar, qissalar va romanlar muallifi. «Rene jumbog‘i», «Zalvorli odimlar» (1977), «Ettinchi operatsiya» (1979), «G‘aroyib ko‘lanka» (1980), «Olmos jilosi» (1983), «So‘nggi ajdarning halokati», «Hayotbaxsh xayollar» (1985), «Ajdodlar xotirasi» (1986), «Yonar daryo» (1986), «Maktab sahnasi» (1988), «Sehrli qiz» (1989), «Telba dunyo» (1990), «Tutash olamlar» (1996), «Jodugarning eri» (1999), «Ikki jahon ovorasi» (2001) va boshqa fantastik qissa va romanlari bor. Publitsistik asarlar ham yozgan («Fan fidoyisi», 1987; «Zamin shaydosi», 1990).
Yozuvchi 2002 yil 27 mayda Toshkent shahrida vafot etgan.