Sirojiddin Sayyid. Jonim Vatan (video)

O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning shoir Sidqiy Xondayliqiy g‘azaliga yozgan «Jonim Vatan» nomli muxammasi

Vatan — mening yarqiragan qo‘rg‘on yerim,
Oyu oftob mangu qo‘rg‘on qurgan yerim,
Esdan chiqar boshqa hamma ko‘rgan yerim,
Vatan — mening tuqqan yerim, turg‘on yerim,
Unib-o‘sib, o‘ynab-kulib yurg‘on yerim!