«Muhammad Yusuf» (hujjatli film, 2014)

Stsenariy muallifi: Sirojiddin Sayyid
Rejissyor: Ayub Shahobiddinov
Operator: Azizbek Arziqulov

«Muhammad Yusuf» hujjatli filmi O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligi munosabati bilan 2014 yili «O‘zbekkino» milliy agentligi tomonidan suratga olingan. Unda shoirning hayoti va o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni xususida so‘z yuritiladi.