Eshqobil Shukur. Hamal ayvoni (video)

HAMAL AYVONI

Hamal ayvonida kuylaydi havo,
Qizg‘aldoq qo‘shini qirlarga tushdi.
Meni yetaklab o‘t, ey Qari Navo,
Yuragim yurtida yulduzlar pishdi.

Adirlar egnida yam-yashil qabo,
Shamol halinchakda ipak bulutlar…
Meni yetaklab chiq, jon singlim Sabo,
Sovigan ko‘nglimda chaqnadi o‘tlar.

Yangi ko‘ylaklarin kiymokda Hayot,
Hamal ayvonida kuylaydi havo.
Meni yashash sari yetaklaydi shod
Qari Navo bilan sho‘x singlim Sabo.

Eshqobil Shukur