Bobur. Charxning men ko‘rmagan jabru jafosi qoldimu (video)

Charxning men ko‘rmagan jabru jafosi qoldimu?!
Xasta ko‘nglim chekmagan dardu balosi qoldimu?!

Meni xor etti-yu qildi muddaini parvarish,
Dahri dunparvarning o‘zga muddaosi qoldimu?!

Meni o‘lturdu jafoi javr birla ul quyosh,
Emdi turguzmak uchun mehru vafosi qoldimu?!

Oshiq o‘lg‘och ko‘rdim o‘limni o‘zimga, ey rafiq,
O‘zga ko‘nglimning bu olamda harosi qoldimu?!

Ey ko‘ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb,
Tengri uchun de bu olamning safosi qoldimu?!

Zahiriddin Muhammad Bobur