Bobur. Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur (video)

Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkildur,
Sening birla chiqishmog‘liq dog‘i bisyor mushkildur.

Mizojing noziku sen — tundu, men — bir beadab telba,
Sanga xolimni qilmoq, ey pari, izhor mushkildur.

Ne osig‘ nolayu faryod xobolud baxtimdin,
Bu unlar birla chun qilmoq ani bedor mushkildur.

Manga osondurur bo‘lsa agar yuz ming tuman dushman,
Vale bo‘lmoq jahonda, ey qo‘ngul, beyor mushkildur.

Visolinkim tilarsen, nozini xush tortg‘il, Bobur —
Ki, olam bog‘ida topmoq guli bexor mushkildur.

Zahiriddin Muhammad Bobur