Alisher Navoiy. G‘aming qattig‘lig‘in qilsam hikoyat (video)

G‘aming qattig‘lig‘in qilsam hikoyat,
Eshitsa tosh anga aylar siroyat.

Ko‘ngul g‘am jomidin chiqmoqqa bo‘ldi
Boshog‘lig‘ novaking sham’i hidoyat.

Ne nav’ ollingda shavqumni qilay sharh,
Ki xusnungdek anga yo‘qtur nihoyat.

Xayoling ko‘nglum ichra muztaribdur
Kim, ul vayrona  issig‘dur  bag‘oyat.

Ko‘zung qonimni ichmakka ne xaddim,
Erur oni iting ichsa kifoyat.

Dema bir yo‘ldurur ishq ichra, ey shayx,
Ki munda muxtalif keldi rivoyat.

Navoiy qonin ul ko‘z birla to‘ktung,
Tirik bo‘lkim, budur ayni inoyat.

Alisher Navoiy