Alisher Navoiy. Ey, latofat kasbida husnunga hojatmand gul (video)

Ey, latofat kasbida husnunga hojatmand gul,
Yuz guliston ichra yo‘q yuzungg‘a bir monand gul.

Xil’ati xazro bila ul qomatu ruxsor erur
Rost bir sarveki, qilg‘aylar anga payvand gul.

Yuzu g‘amzangdin mujam qon yosh aro zoyandadur,
Yo‘q ajab, chun bor tikanga doimo farzand gul.

Jolalar ermas guli sadbarg uzakim, aylamish
Jismini tishlar bila hajringda yuz parkand gul.

Qaysi vajh ila yuzungga da’vo etgay, chun erur
Ganji husnungdin muhaqqir vajh ila xursand gul.

Sarvsen, ey gul’uzor, ar bo‘lsa xushraftor sarv,
Gulsen, ey sarviravon, gar hilsa shakkarxand gul.

Ey Navoiy, gar so‘zungni yor eshitmas, ayb emas,
Turg‘oni birla quloqdur, lek eshitmas pand gul.

Alisher Navoiy