Alisher Navoiy. Do‘stlar, ahli zamondin mehr umidi tutmangiz (video)

Do‘stlar, ahli zamondin mehr umidi tutmangiz,
Mehri gardun bo‘lsalar ko‘z nuridin yorutmangiz.

Gar shoh o‘lsun, gar gadokim, solmangiz yuziga ko‘z,
Yodini balkim ko‘ngul atrofida yovutmangiz.

Zulm ila yuz chok qilg‘on tang‘a gar marham yoqib
Butkarurbiz desalar ul zaxmlarni butmangiz.

El jafosining maloli qilsa har dam qasdi jon,
Ko‘nglungizni g‘ayribekaslik bila ovutmangiz.

O‘ksudi el mayli mendin bir yo‘li, ey dardu g‘am,
Gah-gahi siz bori boshimdin qadam o‘ksutmangiz.

Hajr o‘tin jonimg‘a yoqtim, ko‘rsangiz usruk meni,
Emdi, ey pand ahli, do‘zax o‘tidin qo‘rqutmangiz.

Chun Navoiy dasht tutti, emdn zinhor, ey vuhush,
Kim bashar jinsnni ul Majnun sari yovutmangiz.

Alisher Navoiy