Abdulla Oripov. Ajrim (video)

AJRIM

Dunyoning yarmini sayr etdi o‘g‘lon,
Kelib otasidan so‘radi ajrim:
— Chin do‘st topolmadim nega, otajon?
Ota esa jim.

Yana dunyo kezdi charchamay o‘g‘lon,
Yana otasidan so‘radi ajrim:
— Vafo topolmadim nega, otajon?!
Ota hamon jim.

— Nega savolimga bermaysiz javob?!
O‘g‘lon turar edi nolakor, haqir.
Ota javob qildi uh tortib shu tob:
— Sen ham bor narsani axtar-da axir
2000

Abdulla Oripov