Bahodir Qobul. Bog‘dagul (hikoya)

Deraza ortidagi ayol Yer endi ko‘klayotgandi… Yangi kelinchak ham bitta tuqqandan keyin shu uy endi maniki ekan deb ishonarkan. Ungacha yegani porimay, ko‘ngli alag‘da yurarmish… Tongniyam, tog‘niyam tumshug‘i uyulganday. Oyqorning oy suratlig‘ qorining qovog‘idan ham qor yog‘adi. Hovlidagi daraxt­lar ham shirdayishib serraygancha bir-biriga qosh chimirganday. Et bo‘lib etday, yot bo‘lib yotday emas. davomi…

Yasunari Kavabata. Chirildoq bilan chigirtka (hikoya)

Men universitetning g‘isht devori yoqalab borib, maktab binosining qarshisidan chiqib qoldim. Maktab hovlisi ensiz taxta panjara bilan o‘ralgandi. Gullari to‘kilib bitgan sakuraning qoramtir shoxlari ostidagi qurib-qovjiragan o‘t-o‘lan orasidan chirillagan ovoz eshitilardi. Men qadamimni sekinlashtirib, nafas chiqarmay quloq sola boshladim. So‘ngra davomi…

Naim Karimov. Turkistonlik talabalarning taqdiri tafsilotlari

Bu voqea, garchi o‘sha davrda kutilgan natijani bermagan bo‘lsada, yetmish nafar o‘zbekistonlik talabaning Germaniyadagi o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishi o‘z davrida qanday katta aks-sado bergan bo‘lsa, hozir ham o‘zbek jamiyatini shunchalik haya­jonlantirib keladi. Agar sovet davlati bu yoshlarning davomi…

Toshkentda “Alashning asl arslonlari” ko‘rgazmasi ochildi

4 oktyabr kuni Toshkentdagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida Qozog‘iston sog‘liqni saqlash tizimi asoschisi Xalil Do‘stmuhammedov tavalludining 140 yilligi hamda o‘qituvchi, shoir va dramaturg Mag‘jan Jumaboyev tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlangan “Alashning asl arslonlari” (“Alashtың asыl arыsы”) xalqaro ko‘rgazmasi ochildi. Tadbirda davomi…

Tursunmurod Ermatov. Mashriqqa yuzlangan suvoriy (hikoya)

O‘sha kun borliq qoravut tusga belangandi. Havoni rutubat qoplagan, yog‘iy lashkaridek bostirib kelayotgan quyuq qora bulut og‘ir va ezgin ruhiyatni yetaklardi. Men ishlayotgan shifoxona uyimdan ancha uzoq bo‘lib, yo‘li o‘nqir-cho‘nqir, qiyaliklardan iborat. Ayniqsa, yog‘ingarchilik paytlari bu yanada ko‘proq sezilar, xavf-xatarsiz, davomi…

Sanobar To‘laganova. Hayot falsafasining o‘ziga xos talqini

Ijod insonning tiriklik mazmun-mohiyatini ang­lash yo‘lidagi urinishlari hosilasidir. Insonning hayotdagi o‘rni, maqomi, maqsadi, munosabati kabi masalalar qadimdan dunyo ziyolilarini qiziqtirib kelgan. Ijod insonning o‘z «men»ini ifoda qilish yo‘lida olib borgan aqliy faoliyat turidir. Ijod nafs bilan bog‘liq falsafiy-estetik kategoriya sanalib, davomi…