G‘oziy (XVIII asr – 1818)

G‘oziy, Muhammadg‘oziy (18-asrning 2-yarmi — Qo‘qon — taxminan 1818) — shoir. Buxoro madrasalarida o‘qigan. Qo‘qondagi Madrasai Mirda mudarris, mufti bo‘lgan. Akmal Xo‘qandiyning yaqin do‘sti. O‘zbek va fors tillarida ijod qilgan. Fuzuliyni o‘ziga ustoz bilgan. She’rlarining mazmuni bilan ham, dunyoga, atrof-muhitga davomi…

Sayqaliy (1730-1798)

Sayqaliy, Hisoriy, Sobiriy (taxalluslari; ismi Sobir) (1730— Hisor — 1798) — shoir. «Qissai Ibrohim», «Rangnomai imom Muhammad Hanafiya», «Ahtamnoma», «Ravzat ushshuhado» kabi diniy-didaktik asarlari bor. Ularda Sharqda mashhur ayrim syujetlar qisqa bayon etilgan. G‘azal, muxammas, musaddas, musamman va masnaviylarida zamonasidan, davomi…

Xo‘janazar Huvaydo (1704-1780/81)

Huvaydo (taxallusi; asl nomi Xo‘janazar G‘oyibnazar o‘g‘li) (? — O‘sh shahri — 1780/81, Farg‘ona viloyati Chimyon qishlog‘i) — shoir, tasavvuf she’riyatining yirik vakili. Qo‘qon madrasalarida o‘qigan. Qishlog‘ida maktab ochib, uzoq vaqt maktabdorlik qilgan, kosiblik bilan ham shug‘ullangan. Otasi G‘oyibnazar so‘fi davomi…

Tolibiy (XVIII asr)

Tolibiy XVIII asrda yashab o‘tgan o‘zbek shoiri. Uning hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumot kam. XVIII—XIX asrlarda tuzilgan qo‘lyozma hamda bosma bayozlarda shoirning ishqiy g‘azallaridan namunalar joy olgan. Bundan tashqari shoirning ixchamgina «Tolibnoma» axloqiy-ta’limiy xarakterdagi dostoni yetib kelgan. Unda Tolibiy davomi…

So‘fi Olloyor (1644-1724)

So‘fi Olloyor (1644, Kattaqo‘rg‘on bekligi Minglar qishlog‘i — 1724, Denov) — tariqat arbobi va mutasavvuf shoir. Shayxlar maktabi va Buxorodagi jo‘ybor shayxlari dargohida ta’lim olgan. O‘z davrining barcha asosiy ilmlarini egallagan, arab va fors tillarini o‘rgangan. Buxoro xoni Abdulazizxon tomonidan davomi…

Sayyodiy (XVII asr)

Sayyodiy, Sayyodiy o‘g‘li, Sayyodiy o‘g‘li Xarobiy (taxalluslari; ismi Sayyid Muhammad) (17-asrning 2-yarmi, Balx yaqinidagi Xayrobod qishlog‘i) — shoir. Ovchi (sayyod) oilasida tug‘ilgan, o‘zi ham shu kasb bilan shug‘ullangan. Shoirning ayrim she’rlari hamda «Tohir va Zuhra» dostonigina yetib kelgan. Dostonda xalq davomi…

Turdi Farog‘iy (XVII asr – 1699/1700)

Turdi, Turdiy (asl ismi va taxallusi; forstojik she’rlaridagi taxallusi esa Farog‘iy) (17-asr, Buxoro — taxm. 1699/1700, Xo‘jand) — shoir. Buxoro madrasalarida ta’lim olgan. Abdulazizxon davrida saroyning amaldorlaridan, yuz urug‘ining ko‘zga ko‘ringan siyosiy arboblaridan bo‘lgan. Subhonqulixon taxtga chiqqach, saroydan uzoqlashtirilgan. Ashtarxoniylarga davomi…

Said Qosimiy (XVI asr)

Said Qosimiy XVI asrda yashab ijod etgan o‘zbek shoiridir. Uning hayoti va ijodiy faoliyati haqida bizga qadar yetarli ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Filologiya fanlari nomzodi B. Qosimxonov «Said Qosimiy masnaviylari» nomli kitobini nashr ettirdi. Unda shoirning axloqiy-ta’limiy xarakterdagi «Gulshani roz», «Majmaul davomi…

Komron Mirzo (1509-1557)

Komron, Komron Mirzo (1509, Agra — 1557, Makka) — shoir va davlat arbobi. Boburning o‘g‘li. Adabiyot, harb va siyosat ilmlarini dastlab otasi Boburdan, so‘ngra o‘sha davrning yetuk olimlari, davlat arboblaridan o‘rgangan. Otasi hayotligida Qandahor va Kobul hukmroni edi. Bobur vafotidan davomi…

Majlisiy (XV-XVI asr)

Majlisiy (15-asr oxiri, Xorazm -16-asr 1-yarmi, Buxoro) — shoir. Hayoti va ijodi haqida ayrim ma’lumotlar Nisoriynit «Muzakkir ul-ahbob» tazkirasida uchraydi. Uning 4000 misralik «Qissai Sayfulmuluk» ishqiy-sarguzasht dostoni bizgacha yetib kelgan. Asar masnaviyda, hazaj bahrida, qissa ichida qissa shaklida yozilgan bo‘lib, davomi…