Xosiyat Bobomurodova (1950)

Xosiyat Bobomurodova 1950 yil 2 may kuni Samarqand viloyatining Xatirchi (hozirgi Navoiy viloyati) tumanidagi Ibn Sino jamoa xo‘jaligida tug‘ilgan. U 1966 yili o‘rta maktabni tugatib, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida o‘qigan.

1967 yildan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, 1975 yildan maktabda direktor bo‘lib ishlaydi. 1983-1989 yillarda Navoiy viloyati, 1990 -2003 yillarda Samarqand viloyati Yozuvchilar uyushmasida mas’ul kotib lavozimida, 2003-2005 yillarda Zarafshon nashriyoti direktori bo‘lib xizmat qildi.

Uning “Daryodan qatra” (1979), “Oq yo‘l turnalar” (1983), “Samarqandga maktublar” (1989), “Men uzgan gullar” (1990), “Bormisan, o‘zbek” (1991), “Jonimning egasi” (2001), “Vatan yagonadir” (2002), “Kelin salom”, “Mag‘rurlik sabog‘i”, “Qizilqum malikalari” (2005), “Samarqand sanamlari” 2008), “Qirq o‘g‘lon qissasi” (2007), “Sahrodagi jannat” (2011), “Sensiz”, “Gul yomg‘iri” “O‘quvchi odoblari” kitoblari chop etilgan.

“Shuhrat” medali sohibi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Xalq ta’limi a’lochisi.