Vosil Qobulov (1921-2010)

Qobulov Vosil Qobulovich (1921.5.9, Toshkent – 2010) — matematik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), fizika-matematika fanlari doktori (1961), professor (1964). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1977).

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini tugatgan (1949). Chorjo‘y — Qo‘ng‘irot temir yo‘li qurilishida ishlagan (1949-50), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Inshootlar institutida aspirant, ilmiy xodim (1950-57). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutining hisoblash texnikasi bo‘limi mudiri (1957—63). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika instituti va hisoblash markazi direktori (1963—66). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Kibernetika instituti direktori (1966—77), institut O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ning «Kibernetika» ilmiy i.ch. birlashmasiga aylantirilgach, uning bosh direktori (1978—92) bo‘lib ishlagan.

Ilmiy ishlari hisoblash texnikasini fan, texnika va xalq xo‘jali-gining turli sohalariga joriy etish bilan bog‘liq.

Beruniy nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti laureati (1971). «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).