Toshmuhammad Sarimsoqov (1915-1995)

Sarimsoqov Toshmuhammad Aliyevich (1915.10.9, Andijon viloyati Shahrixon qishlog‘i — 1995.17.12, Toshkent) — matematik olim va jamoat arbobi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1943), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1960), Mehnat Qahramoni (1990). Fizika-matematika fanlari doktori (1942), professor (1942).

O‘rta Osiyo universitetini tugatgan (1936), shu universitetda assistent, dotsent, professor va kafedra mudiri, universitet rektori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti (1943—46), prezidenti (1946—52), O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri (1959—71), 1988 yildan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumida maslahatchi bo‘lib ishlagan.

Ilmiy ishlari ehtimollar nazariyasi, geofizika meteorologiyasiga bag‘ishlangan. Topologiya va funktsional analiz bo‘yicha Toshkent ilmiy maktabi asoschisi. Yarim maydonlar nazariyasi va uning ehtimollar nazariyasiga tatbiqini ishlab chiqqan.

Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1967, 1992). «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2002).