Abduvohid Qoriyev (1855-1938)

Abduvohid Qoriyev, Abduraufqoriyev Abdulvohidqori (1855 – Toshkent – 1938.12.1) – jamoat va din arbobi, pedagog. Dastlab Ko‘kcha dahalik maktabdor Yoqubxo‘ja eshondan eski usulda saboq olgan. 1870-80 yillarda Eshonqulidodxoh va 1880—88 yillarla Buxorodagi Ernazarboy madrasalarida tahsil ko‘rgan. 1888-1906 yillarla Toshkent shahri davomi…

Asror Mo‘min (1954)

Asror Mo‘min 1954 yil 14 yanvarda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1979). Turli yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, “Sport” gazetasida bo‘lim mudiri, Bosh muharrir o‘rinbosari, Bosh muharrirning birinchi o‘rinbosari, «Ko‘zgu» gazetasida Bosh muharrir o‘rinbosari, Bosh muharrir vazifasini bajaruvchi, “Jahon davomi…

Said Shermuhamedov (1930-2016)

Said Shermuhamedov 1930 yil 12 mayda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. 1948-1953 yillarda Samarqand davlat universitetida ta’lim olgan. O‘qishni tugatib, ushbu universitet aspiranturasida tahsilni davom ettirgan. Falsafa fanining dolzarb masalalari bo‘yicha 1960 yilda nomzodlik, 1974 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. davomi…

Muhammadjon Xolbekov (1950-2020)

Muhammadjon Xolbekov 1950 yilda Samarqandda tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetining roman-german filologiyasi fakultetini tamomlagan. Samarqand davlat pedagogika institutida, Samarqand davlat universitetida kafedra mudiri, fakultet dekani, filologiya yo‘nalishi bo‘yicha himoya kengashi a’zosi bo‘lib ishlagan. 1982 yilda nomzodlik, 1989 yilda doktorlik dissertatsiyasi yoqlagan. davomi…

Yanglish Egamova (1943-2017)

Yanglish Egamova 1943 yilning 2 mayida Samarqand viloyati Payariq tumanidagi  Olchin qishlog‘ida tug‘ilgan. Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining xorijiy filologiya fakultetida  tahsil olgan. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Tarjima nazariyasi va til ilmiga oid bir qancha ilmiy maqolalar muallifi. Yanglish davomi…

Abdulhafiz Jalolov (1947-2019)

Abdulhafiz Jalolov 1947 yilda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida, Birlashgan qishlog‘ida tug‘ilgandi. 1969 yili Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 1976 yilda falsafa fani bo‘yicha nomzodlik, 1992 yili doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan. Falsafa va siyosatshunoslik bo‘yicha 450 dan ortiq ish, jumladan, «Inson omili: falsafa, davomi…

Asil Rashidov (1930-2020)

O‘zbekiston san’at arbobi, taniqli pedagog olim, adabiyotshunos va tarjimon Asil Rashidov 1930 yili Jizzax tumanining Sovungarlik qishlog‘ida tug‘ilgan. 1954 yili O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)ni jurnalist mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1954—1958 yillarda «Qizil O‘zbekiston» (hozirgi davomi…

Mamadali Mahmudov (1940-2020)

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Evril Turon – Mamadali Mahmudov 1940 yil 12 dekabr kuni Jizzax viloyatining Forish tumani Bog‘don qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining filologiya fakulteti jurnalistika bo‘limini bitirgan. Birinchi kitobi — «Tog‘ ohusi» ocherklar to‘plami 1974 yili chop davomi…

Miskin (1880-1937)

Miskin (taxallusi; asl ism-sharifi G‘ulomxalil Toshmuhammad o‘g‘li), (1880 —Toshkent — 1937) — shoir. Otasi temirchilik, mixchagarlik bilan shug‘ullangan. Balandmachitdagi maktabda, so‘ng «Ko‘kaldosh» madrasasida o‘qigan. Dastlabki she’rlari muhabbat mavzuida. Ko‘p o‘tmay, she’riyatiga zamon sadolari kirib kelgan. Xalqimizning milliy-ijtimoiy uyg‘onishida katta xizmat davomi…

Po‘lkan shoir (1874-1942)

Atoqli xalq baxshisi, o‘zbek dostonchilik maktabi asoschilaridan biri Muhammad Jomurod o‘g‘li Po‘lkan 1874 yilda hozirgi Samarqand viloyatining Xatirchi tumaniga qarashli Qatag‘on qishlog‘ida Mulla Jomurod xonadonida tavallud topgan. Muhammaddagi dostonchilikka mehr-muhabbat yuksakligini bilgan Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi namoyondalaridan biri, mashhur Jassoq baxshi davomi…


Maqolalar mundarijasi