Bahodir Yo‘ldoshev (1945-2021)

Atoqli rejissyor, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, Xalq artisti Bahodir Tursunovich Yo‘ldoshev 1945 yil 7 sentyabrda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatganidan so‘ng Toshkent teatr va rassomchilik institutida rejissyorlik mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. ​Mehnat faoliyatini O‘zbek davlat davomi…

Miyon Buzruk Solihov (1891-1938)

Miyon Buzruk Solihov (1891 — Toshkentning Qashqarcha mahallasi — 1938.4.10) — adabiyotshunos, folklorshunos va san’atshunos olim. Istanbul universitetini tugatgan (1927). O‘zbekistonga qaytgach (1927), O‘rta Osiyo universiteti sharq fakuletida o‘zbek tili va adabiyotidan dars bergan (1927—31). Tojikiston davlat maorif institutida o‘qituvchi davomi…

Amir Fayzulla (1945-2020)

Amir Fayzulla 1945 yil 15 yanvarda G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. 1968 yili Toshkent Davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi – hindshunos. U 1967–1971 yillari G‘allaorol tumanidagi maktablarda o‘qituvchi, 1971–1975 yillari G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir, 1975–1990 yillari “Progress” nashriyotida bo‘lim mudiri, davomi…

Saydi Umirov (1938-2020)

Adabiyotshunos olim, munaqqid, O‘zbekiston yozuvchilar, jurnalistlar ijodiy uyushmalari a’zosi, Respublikada xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Oltin qalam” mukofoti sovrindori Saydi Umirov 1938 yil 10 fevralda Samarqand viloyati Payariq tumani Jo‘raboy qishlog‘ida tug‘ilgan. U Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Saydi Umirov davomi…

Ubaydulla Uvatov (1940-2020)

Ubaydulla Uvatov 1940 yil 23 fevralda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida tug‘ilgan. 1958-1969 yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakultetini arab filologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti aspiranturasida tahsil olib, dastlab nomzodlik, so‘ngra doktorlik dissertatsiyasini davomi…

Bahodir Karimov (1966)

Karimov Bahodir Nurmetovich 1966 yilning 7 fevralida Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz viloyati Tozayormish qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDU (hozirgi O‘zMU) o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan (1991). “Vadud Mahmudning 20-yillar adabiy tanqidchiligidagi o‘rni” mavzusida nomzodlik (1995), “XX asr o‘zbek adabiyotshunosligida talqin muammosi” (qodiriyshunoslik misolida) mavzusida davomi…

To‘ra Mirzayev (1936-2020)

To‘ra Mirzayev (1936.06.03, Shofirkon tumani – 2020.29.09, Toshkent) – Folklorshunos olim. Filologiya fanlari doktori (1988), professor (1991). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1957). Jarqo‘rg‘on tumani maktablarida o‘qituvchi va o‘quv bo‘lim mudiri (1957-1960), O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutida aspirant (1961-1963), davomi…

Poyon Ravshanov (1941-2020)

Taniqli adabiyotshunos, adib Poyon Ravshanov 1941 yilda Qamashi tumanida tug‘ilgan. 1963 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. “Shuhrat” (1996) medali bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi (2003). Samarqand viloyati gazetasida adabiy xodim, Qarshi Davlat pedagogika davomi…

Umarali Normatov (1931-2022)

Umarali Normatov (1931.3.1, Beshariq tumani – 2022.1.29, Toshkent) — adabiyotshunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1981), filologiya fanlari doktori (1978), professor (1979). Toshkent universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1957). 1962 yildan ToshDU (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetining o‘zbek abadiyoti kafedrasida katta davomi…


Maqolalar mundarijasi