Ismoil To‘xtamish (1950-2015)

Ismoil To‘xtamish 1950 yili Qamashi tumanining Arolovul qishlog‘ida dunyoga kelgan. Toshkent davlat universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan.

«Qashqadaryo haqiqati» gazetasida musahhih, viloyat madaniyat bo‘limini rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul vazifalarida ishlagan.

Dastlabki she’ri 1976 yilda «Yosh leninchi» (hozirgi «Turkiston») gazetasida Abdulla Oripovning «oq fotihasi» bilan chop etiladi. Shundan buyon uning «Cho‘l boychechagi» (1982), «Onam tilaklari» (1983), «Dunyo ustuni» (A. Oripov so‘z boshisi, 1987), «Hayqiriq» (1990), «Senga intildim» (1992), «Dil sadolari» (1993), «Ko‘hna nasaf xayoli» (1994) kabi bir qator she’riy majmualari bosmadan chiqqan.