Devoniy (1887-1938)

Devoniy (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammadkomil Ismoil Devon o‘g‘li) (1887, Xiva yaqinidagi Sangar qishlog‘i — 1938, Toshkent) — shoir. Xivadagi Arabxon madrasasida ta’lim olgan, fors tili, xattotlik san’atini o‘rgangan. Feruz saroyida birmuncha vaqt kotiblik qilgan.

She’rlarida zamona nosozliklarini tanqid qilgan, ma’rifatparvarlik g‘oyalarini ilgari surgan («Afsus» radifli va b. she’rlari). Shoir ijodiga Tabibiy («Majmuat ush-shuaro») va Laffasiy («Tazkirai shuaro»)lar yuqori baho berganlar. Devoniyning devonlari asl nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. № 901, 906, 1142) va o‘g‘li Hamza Komilovning shaxsiy kutubxonasida saqlanadi.