Abdunabi Boyqo‘ziyev (1954)

Abdunabi Boyqo‘ziyev 1954 yil 15 noyabrda Andijon viloyatining Izboskan tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1983). Turli yillarda G‘afur G‘ulom nomli Adabiyot va san’at nashriyotida xodim, “Mushtum” jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, “Sovet O‘zbekistoni” gazteasida muxbir, “Xalq so‘zi” gazetasida katta muxbir, bo‘lim mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimi, “Oila va jamiyat” gazetasida muxbir, O‘zbekiston OAVni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi raisi o‘rinbosari, “Sharq haftanomasi” gazetalari bosh muharriri bo‘lib ishlagan.

“G‘uboringni yozgayman”, “Seni izlab keldim”, “O‘zbeknavo yulduzlari”, “Judolig‘ dashti”, “Ko‘zlari daryoyim!..”, “Dilxiroj tuyg‘ular”, “Besh navo”, “Besh so‘mlik kekkayish”, “Cho‘li irog‘im” nomli she’riy, hajviy-yumoristik va publitsistik kitoblari chop etilgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi.