G‘ulombachcha

Bor ekanda yo‘q ekan, qadim zamonlarda bir mamlakat bor ekan. U mamlakatning qoidasi bo‘yicha kambag‘allar o‘z bolalarini sotar ekanlar. Shu shaharda bir kambag‘al kampirning bir o‘g‘li bor ekan. Bu kampirning tirikchiligi tang bo‘lib, bir bolani boqishga ham ojiz ekan. Axiri davomi…

Farhod va Shirin

Qadim zamonda bir podshohning qizi bo‘lgan ekan. Qizning oy desa og‘zi, kun desa ko‘zi bo‘lib, kulsa og‘zidan gullar to‘kilar, yursa oyog‘idan tilla sochilar ekan. Qiz gulbog‘da qirq qizlari bilan sayr etib yurar ekan. Nima uchundir qiz yoshligidan beri doimo g‘amgin davomi…

Cho‘loq bo‘ri

Bir boyning uch o‘g‘li bor ekan. Boyning katta bog‘i ham bor ekan. Bog‘ida bir tup chinori bor ekan. Bu chinor tilladan ekan. Har kuni bir bargi yo‘qolib qolar ekan. Boy g‘azablanib, katta o‘g‘lini poylatibdi. Ertasiga o‘rtanchasini poylatibdi. Uchinchi kuni eng davomi…

Mislabu

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, odamlarning aytishiga qaraganda Balx shahrida bir zolim podshoh bor ekan. Uning zolimligi boshqa podshohlardan ham o‘tib ketgan ekan. U o‘z bilganidan qolmas, birovga quloq solmas ekan. Uning bir-biridan chiroyli to‘rtta xotini bor ekan-u, lekin davomi…

Davlat bilan Ahmad

Bir zamonda bir odil podshoh o‘tgan ekan. Uning oti Davlat ekan. Davlat podshoh mamlakatda adolat bilan ish yuritishga intilar ekan. Ba’zan “Qani, men shuncha ishlarni qildim. Fuqarolarim mening to‘g‘rimda nimalar gaplashar ekan?” deb, kechalari shohona liboslarini yechib qo‘yib, boshqa usti-bosh davomi…

Sohibjon bilan Ahmadjon

Bor ekan-u yo‘q ekan, och ekan-u to‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, toshbaqa tarozbon ekan, to‘ng‘iz qassob ekan, qurbaqa undan qarzdor ekan. Qadim zamonda bir chol bilan kampir bor ekan. Ular juda davomi…

Bir xumcha oltin

O‘tgan zamonda bir aqlli chol bor ekan. Cholning oldinma-keyin tug‘ilgan uch o‘g‘li bor ekan, o‘g‘illarining kattasi yigirma yoshda, o‘rtanchasi o‘n sakkiz yoshda va kichkinasi o‘n olti yoshda ekan. Kunlardan bir kun chol kasal bo‘libdi, kasali kundan-kunga og‘irlashibdi, cholning kasaliga tajribali davomi…

Musofirbek

Qadim zamonda Urganch tomonda Qo‘ldosh degan bir podachi yashar ekan. Yil o‘n ikki oy Qo‘ldoshning qiladigan ishi o‘z qishlog‘idagi aholining molini boqish ekan. Qo‘ldoshning bir Yo‘ldosh degan o‘rtog‘i bor ekan. Uning qiladigan ishi mardikorchilik ekan.Qo‘ldosh bilan Yo‘ldosh kichkina bir uychani davomi…

Devbachcha

Qadim zamonda bir boy bor ekan. U boyning farzandi yo‘q ekan. Boy ko‘p xotin olibdi. Oxirida bir xotinidan o‘g‘il ko‘ribdi. Boy borgan sari kambag‘allashib qolibdi, o‘g‘li esa katta bo‘laveribdi. U boyning jo‘ralari ko‘p ekan, boy do‘stlarining tuz-namagini ko‘p yegan ekan. davomi…

Yaltillama sopol tovoq

Bir zamonda bir podshoh bor ekan. U podshohning qirq xotini bor ekan. Ammo hech farzandi yo‘q ekan. Bir kuni podshoh xafa bo‘lib: “Menga hech narsa kerak emas”, deb taxtiga ham o‘tirmabdi. Bir necha kundan beri podshohning taxtga chiqib o‘tirmaganiga hayron davomi…