Yamoqchining qizi va podshovachcha

Bor ekan-da yo‘q ekan, och ekan-da to‘q ekan. Qadim zamonda, Misr degan tomonda bir podsho bo‘lgap ekan. U podshoning bitta-yu bitta o‘g‘li bor ekan. U o‘n yetti yoshga kirganida otasi o‘lib, o‘rniga podsho bo‘libdi. Vazir-vuzarolar hammasi yig‘ilib, podshovachchaga:
— Ey ulug‘ shoh! Siz, endi balog‘atga yetdingiz, uylanishingiz zarur, — deyishibdi. Podshovachcha ularga:
— Xayr mayli, uylansam uylanay. Menga shunday xotin topinglarki, qaysiki, un elasa keti qimirlamasin, — debdi.
Vazir-vuzarolari, chor tarafga odam qo‘yib, hamma qizlarni tekshira boshlashibdi. Sinalmagan bironta qiz qolmabdiki, lekin u aytgan qiz toiilmabdi. Podshovachchaga:
— Hamma qizlarga un elatib ko‘rildi. Biroq siz aytgan qiz hech qayerdan topilmadi, — deb xabar berishibdi. Podshovachcha:
— Yana bir marta, yaxshiroq tekshirib ko‘ringlar, — debdi.
Vazir-vuzarolar ko‘p kampirlarni yollab har tomonga jo‘natishibdi. Shaharning chet bir mahallasida yamoqchi usta bo‘lib, uning o‘n to‘rt yoshli qizi bor ekai. Haligi yollangan kampirlardan bittasi qiz axtarib yurib, apa shu yamoqchining eshigiga kirib qolibdi. Choy-poy qilishib, gapirishib o‘tirib kampir qizga:
— Ey chiroyli qiz! Sening baxting ochilib turibdi. Qani, bir un elab ko‘r-chi, agar un elaganingda keting qimirlamasa, podshovachchamiz seni qirq kecha-yu qirq kupduz to‘y berib, xotinlikka oladi, — debdi. Qiz unga:
— Mening ham, unday ahmoq podshovachchaga tega qolay, deb ko‘zim uchayotgani yo‘q, — debdi. Kampir:
— Hay, podshovachchaga tegmasang, qanday odamga tegasan? — debdi. Qiz unga:
— Men, ovqat yeganda mo‘ylovi qimirlamaydigan yigitga tegaman, — debdi.
Kampir, qizdan bu javobni eshitib podshovachchaga xabar qilibdi.
Podshovachcha bu xabarni eshitib juda xursand bo‘libdi:
— Men ana shunday, mening gaplarimga javob topib beradigan esliroq qiz istagan edim. Mening istagim ana shu qiz ekan, — debdi. Yana o‘zicha: «Esi-ku joyida ekan, chiroyi ham bormikin, bir ko‘rish kerak», degan fikrga kelibdi. Haligi kampirni chaqirib: — Uni qanday qilib ko‘rish mumkin? —  degan ekan, kampir:
— Bitta tovoqqa holva to‘latib, holvafurush bo‘lib, qizning eshigi tagidan, «holva ketdiyo», deb o‘tasan. Qiz, holva olish uchun yugurib chiqadi. Ana shunda ko‘rasan, — debdi.
Podshovachcha kampirning aytganini qilib, bitta patnisga holva tuzab, qizning eshigining tagidan «holva ketdiyo», deb o‘tib ketayotgan ekan, qiz yugurib ko‘chaga chiqib:
— Holva necha pul? —  debdi. Podshovachcha unga:
— Holva pulga sotilmaydi, — debdi. Qiz:
— Nimaga sotiladi? —  degan ekan. Podshovachcha:
— Bir o‘pich bersangiz, tovoq-povog‘i bilan beraman, — debdi. Qiz hali yosh ekan. Yaxshi-yomon gapni hali ajratmas ekan. O‘pichni berib, bir tovoq holvani olib uyiga qochibdi. Podshovachcha ertasi kuni karnay-surnaylar bilan, qancha amaldoru lashkarboshilari bilan, oldingi safda ot o‘ynatib qizning eshigi oldidan o‘tibdi. Qiz karnay-surnay ovozini eshitib, ko‘chaga yugurib chiqibdi. Buni ko‘rgan podshovachcha:
— Ey, bir tovoq holvaga o‘pich bergan qiz, — debdi. Qiz buni eshitib, ura solib uyiga qochibdi. Rosa uyalibdi, oxiri otasiga:
— Ey otajonim, menga bir po‘stin tikib bering. U po‘stinning har bir tukiga bittadan qo‘ng‘iroq taqilgan bo‘lsin, — debdi.
Yamoqchi, qizining aytganlaridan ham ziyodaroq qilib, po‘stin tikib, har bir tukiga bittadan qo‘ng‘iroq taqtiribdi.
Qiz uni qo‘liga olib, podshoning saroyiga jo‘nabdi. Yarim kechada, po‘stinni teskari qilib, kiyib, sekin-sekin podshovachcha uxlayotgan uyga kiribdi. Haligi qo‘ng‘iroqlarni jaranglatganicha, yugurib borib, shahzodaning ustiga minib olibdi. Podshovachcha, uyqu aralash qo‘rqib ketib: «Subhonollo, subhonollo» dermish. U zo‘rg‘a es-hushini yig‘ib olib:
— Sen kimsan? — degan ekan, qiz:
— Men Azroilman, joningni olgani keldim, — debdi. Podshovachcha qo‘rqib ketib, yalinishga tushibdi:
— Ey Azroil hazratlari, mening jonimni olmang. Jonimning evaziga, nima desangiz shuni beray, niml desangiz shuni qilay! O‘n gulimdan bir gulim ochilmagan yigitman! — debdi. Shu vaqt qiz:
— Xayr, mayli, bunchalik ekan, buning bitta-yu bitta iloji bor. Agar, jon-diling bilan shu ishni qilsang, yana ellik yil umr ko‘rasan, — debdi. Podshovachcha:
— Mayli, nima desangiz ham jon-dilim bilap qilaman, — debdi.
«Azroil» unga:
— To‘pig‘imni o‘p! O‘shanda yana ellik yil umr ko‘rasan, — debdi.
Podshovachcha «Azroil»ning to‘pig‘ini o‘pibdi. «Azroil» esa shu zahoti ko‘zdan g‘oyib bo‘libdi.
Podshovachcha ertasiga vazir-vuzarolari va lashkar boshilari bilan karnay-surnaylarni chaldirib o‘yin-kulgi qilib safning oldida ot o‘ynatib o‘tib ketayotgan ekan, qiz yugurib ko‘chaga chiqibdi. Uni ko‘rib podshovachcha:
— Ey, bir tovoq holvaga o‘pich bergan qiz, — debdi. Qiz bo‘lsa:
— Ey Azroilning to‘pig‘ini o‘pgan yigit, — deb baqiribdi.
Podsho, buni eshitib, yer yorilmabdi-yu, yerga kirib ketmabdi. Qizga eshittirib:
— Hap seni, qarab tur! Bir qoshiq qoningni ichmasam; otamning o‘g‘limasman, — debdi.
Shu kuniyoq sovchi kelib: «Ertaga to‘y» deb tayinlab ketibdi. Qiz, qovoqdan odam yasattiribdi. U qovoqning ichini shinni bilan to‘lg‘izdiribdi. To‘y ham bo‘lib o‘tibdi. Yangalar qizni yolg‘iz qoldirib chiqib ketnshibdi. Yangalar chiqib ketishi bilan qiz o‘rniga haligi shinni to‘ldirilgan qovoqni qo‘yib, o‘zi tokchaga chiqib, berkinib o‘tiribdi. Kuyov kirib:
— Ha, mana endi sening qoningni ichadigan kun keldi, — deb, qilichini yalangochlab, qovoqni chopib tashlabdi. Shinnilar to‘kilib ketibdi. Podsho yonidan qoshig‘ini chiqarib, «Qizning qoni»dan bir qoshiq ichibdi. Qarasa, juda shirin ekan.
— Eh, sening qoning shunchalik shirin ekan, o‘zing qanday eding-a? — debdi. Shu zahoti qiz, tokchadan irg‘ib tushib:
— O‘zim, mana shundayman, — deb qo‘llarini ikki yoqqa keribdi. Shunday qilib qiz podshovachchani yenggan ekan va murod-maqsadiga yetgan ekan.