Uch ko‘knori

I

Bir ko‘knorixonaga doim uchta ko‘knori qelib, ko‘knori ichib turar ekan. Birining oti O‘sar ko‘knori, ikkinchisining oti Madamin ko‘knori, uchinchisining oti Qo‘chqor ko‘knori ekan. Uchalasi juda kambag‘al, tirikchiligini zo‘rg‘a o‘tkazar ekan. Kunlardan bir kun O‘sar ko‘knori ko‘knorixonaga kiribdi. Buvadan bir piyola ko‘knorini olib ichibdi, yarimta non va bir hovuch jiyda bilan shaftoliqoqini yeb turib kambag‘allikdan, uyda bola-chaqalari och ekanidan shikoyat qilibdi-da: «Xudo bizga ham davlat berarmikin?» deb o‘ylab, birdan:
— E, davlat! — deb yuboribdi. Shunda davlat yetib kelib:
— Labbay. Mana men keldim. Nima gaping bor? — debdi. Shunda O‘sar ko‘knori suyunib ketib:
— He, davlat! Keldingmi, og‘ayni. Kambag‘alchilik juda tinkani quritdi-ku. Kunda ishlab, bir-ikki bor ichadigan ko‘knorining pulini arang topaman. Bola-chaqaga na yegani ovqat bor, na kiygani ust-bosh. Endi bizdek faqir bechoralarga ham bir nuringni tashlab qo‘ymasang bo‘lmaydi, — debdi. Shunda davlat:
— Bo‘lmasa, mening oldimga borgin! Biror narsa beraman, olib kelarsan! —debdi. O‘sar ko‘knori:
— Seni qaydan topaman? —  deb so‘ragan ekan, davlat:
— Men Arslonbobo tog‘ida bo‘laman. Albatta borgin! — deb ko‘zdan g‘oyib bo‘libdi.
O‘sar ko‘knori o‘rnidan turib, to‘ppa-to‘g‘ri bozorga boribdi. Cho‘ntagiga qo‘l solsa, yarim so‘mlik so‘lkavoyi bor ekan. So‘lkovoyni olibdi. Ikkita tangasiga bitta eshak sotib olibdi. Bir mirisiga bitta qop, bir mirisiga beshta non olib, belbog‘iga tugibdi. Qopini buklab eshakka yopibdi, ustiga o‘tirib, Arslonbobo tog‘i qaydasan, deb jo‘nab qolibdi.
O‘sar ko‘knori yo‘l yuribdi, yo‘l yursa ham mo‘l yuribdi. Shahar va, qishloqlardan o‘tib, cho‘l oralab boraveribdi. Bir joyga borsa, bitta qo‘rg‘on, atrofida hech kim yo‘q. Kirsa qo‘rg‘onning o‘rtasida katta bir o‘rik daraxti, uning tagida o‘rikka suyangan ikkita erkak odam, ikkovi ham peshopasnni ushlab chig‘anog‘shsh tizzasiga tayab mudrab o‘tirgan emish. O‘sar ko‘knori ularga qarab:
— Assalomu alaykum! — debdi. O‘tirganlar boshlarini ko‘tarib qarabdilaru:
— Vaalaykum assalom! —deb, yana yerga qarab, jim bo‘lib qolibdilar. O‘sar ko‘knori hayron bo‘libdi, bu odamlar pima uchun kimsasiz joyda bunday qilib o‘tirishibdi, deb o‘ylabdi va eshakdan tushib, eshagini yetaklab, ularga yaqin boribdi va:
— Hoy birodarlar! Sizlar bu joyda nimaga bunday xayol surib o‘tiribsizlar? —  deb so‘rabdi. Ularning biri boshini asta ko‘taribdi-da:
— E yo‘lovchi aka! O‘z g‘amimiz o‘zimiz bilan. Siz bilmang ham, kuymang ham, yo‘lingizga ketavering, — debdi. Shunda O‘sar ko‘knori:
— Men davlatning oldiga ketyapman. Biror dardlaring bo‘lsa aytinglar. Borib davlatdan so‘rayin, zora u yaralaringga malham topib bersa, — debdi. Shunda ikkinchi kishi aytibdi:
— Bo‘lmasa, sizga ayta qolaylik. Biz aka-uka bo‘lampz. Bu qo‘rg‘on otamizdan bizga meros qolgan. Har yili ko‘klamdan kelib, bu yerga ekin ekamiz, keyin hosilni yig‘ib olib ketamiz. Mana ko‘rib turibsiz, qo‘rg‘onda shu bir tup o‘rik bor. U har yili gullaydi, g‘o‘ralaydi, g‘o‘ralari yetilib, ola bo‘lgach, bir kunda pishadi, pishgan hamono duv to‘kiladi-da, o‘sha zamon ezilib, yerga singib, yo‘q bo‘lib ketadi. Biz biror donasini og‘zimizga solishga ham ulgurmay qolamiz, hozirgina shunday bo‘ldi. Siz davlatdan so‘rab keling-chi! Biznnng o‘rigimiz nimaga bunday bo‘lar ekan?
O‘sar ko‘knori:
— Ha, bo‘pti, og‘aynilar. Men buni albatta davlatdan so‘rab kelaman, — deb eshakka minib, «Yo huv, yo manhu!» deb jo‘nabdi. Yo‘l yuribdi, yursa ham mo‘l yuribdi. Uzoqdan bir qoraygan uzun tepa ko‘rinibdi. Shu tepaga borib eshagim ham dam oladi, o‘zim ham dam olaman, deb boraveribdi. Tepaga yaqinlashib borsa tepa qimirlabdi. Ko‘knori hayron bo‘lib turib qolibdi. Shunda tepadan:
— Ha, ko‘knori! Qayerga ketyaisan? —  degan ovoz chiqibdi. O‘sar ko‘knori qarasa, bu ko‘ringan qora tepa katta bir ajdaho ekan. U qo‘rqib, qotib qolibdi. Shunda ajdaho:
— Qo‘rqma, qo‘rqma! Men senga tegmayman. Qayoqqa ketyapsan? — deb so‘rabdi. Shunda O‘sar ko‘knori:
— E podshoyim! Menga rahm qiling. Bola-chaqam bor. Davlatning oldiga ketayotib edim, — deb yolvoribdi. Shunda ajdaho:
— Bo‘lmasa, davlatdan so‘rab kelgin. Men ovqat yesam to‘ymayman. Nimaga to‘ymasligimning sirini davlat biladi. Bilib kelgin, — debdi-da, ko‘knoriga yo‘l beribdi.
O‘sar ko‘knori, ajdahoga qo‘l qovushtirib:
— Xo‘p, shohim! Albatta so‘rab kelaman, — deb ajdahodan o‘tib olib, eshagiga xalacho‘pni qattiq niqtab, xix-xixlab qochib beribdi, to ilonning qorasi ko‘rikmay ketguncha to‘xtamabdi.
Ko‘knori ajdaho ilondan qutulganiga ming marta shukurlar qilibdi. Yura-yura Arslonbobo tog‘iga yetib boribdi. Togni oralab keta beribdi, keta beribdi. Bir joyga borsa, la’l, yoqut, zabarjad, firuza, brilliant, har turli qimmatbaho toshlar yotgan ekan. Jimirlab odamning ko‘zini olar emish. Ko‘knori bularni ko‘ribdi-yu, eshakdan o‘zini tashlab, toshlarni yig‘ishtiribdi. Keyin o‘zim-ku, davlatning oldiga ketayotgan bo‘lsam, bunday past toshlarni nima qilaman deb ularni tashlab ketaveribdi. Tog‘ orasida davlatni izlab-izlab topolmay: «Davlat hoy!» deb chaqiribdi. Shunda tog‘ning bir tomonidan: «Hoy O‘sar ko‘knori, kela ber! Men bu joydaman», degan tovush eshitilibdi, ko‘knori tovush chiqqan tomonga qarab boraveribdi. Bir joyga borsa, oltin taxtda davlat o‘tirgan emish. Atrofida qancha odamlar xizmatda.
O‘sar egilib salom berib, davlat bilan so‘rashibdi. Davlat unga o‘z yonidan joy berib o‘tqazibdi. Odamlariga: «Bu mehmonni ziyofat qilinglar!» debdi. Davlatning odamlari uning oldiga zardo‘z dasturxonni yozib, turli-tuman nozu ne’matlarni tortib, o‘yin-kulgi qilishibdi. O‘sar ko‘knori shunday kayf-safoning ichida uch kun qolib ketibdi. Uch kundan keyin davlatga aytibdi:
— Davlat, senga juda katta rahmat! Mana, uch kun siylading. Mehmonning izzati uch kun, deganlar. Endi ruxsat bersang, men ketsam, — debdi.
Shunda davlat:
— Bo‘lmasa, huv anavi yaltirab ko‘ringan oltin tog‘ni nazar solmay kelyapmanu, bu uch yarim xum tillalaringizni boshimga uramanmi? O‘zlaring ola berlaring, — deb, eshagini minib, ular bilan, xayrlashib jo‘nabdi. Bular xursand bo‘lib qolishibdi.
O‘sar ko‘knorining kayfi taraq bo‘lib, eshagini yo‘rg‘atib:

Baland tog‘dan men kelaman
Ot o‘ynatib-oy.
Qo‘llarimda parang miltiq.
Quyon otib-oy.
Otib bergan quyoningiz —
Ola ekan-oy.
Bizlardanam ortiqmidi —
Suyganingiz-oy ?

deb, ashulani vang qo‘yib ketayotgan ekan. Birdan:
— Hoy, ko‘knorn, to‘xta! — degan osoz eshitilibdi. Ko‘knori shunday qarasa, boyagi ajdaho. U qo‘rg‘onning bu tomoniga o‘tib, O‘sar ko‘kiorining yo‘lini poylab yotgan ekai.
— Men aytganni davlatdan so‘rab keldingmi? — debdi u. O‘sar ko‘knorining iyagi qaltirab, ko‘zlari yaltirab, og‘zidan gaplari qochib:
— Ha, ha, ha, so‘rab keldim, — debdi.
— Sababi nima ekan? — debdi ajdaho.
— Davlat, agar ajdaho «Bismillo» deb ovqat yesa to‘yadi, dedi.
O‘sar ko‘knori ajdahoga shu gapni aytib tursin, endi gapni Madamin ko‘knoridan eshiting.

II

O‘sar ko‘knori ko‘knorixonada ko‘knori nchib, pinakka ketganda, Madamin ko‘knori ham kirib, uning yoniga o‘tirib, u ham bir piyola ko‘knorini g‘ilqillatib yutibdi, ustidan non-choyini ichib, chehrasi ochilib, kayfi chog‘ bo‘lib devorga suyanib, ikkala ko‘zini yumib har xil xayollarga g‘arq bo‘lib:
— Nima qilsam tiriklik yaxshi o‘tar ekan-a? Axir, birovning sigiri, qo‘y-echkisi bor. Birovning yaxshi uy-joyi, bog‘-rog‘i bor. Xotin, bola-chaqasi bor. Menda hech narsa yo‘q. Odam birdaniga boy bo‘lib ketolmaydi. Oldin bitta tovuq olayin. U tuxum qilsin. Tuxumini to‘playin, o‘ziga bostirsam, jo‘ja ochib chiqadi, jo‘jalar katta bo‘ladi…— deb o‘ylabdi-yu, o‘ylaganlari o‘ziga ma’qul bo‘lib;
— Ana, tugunning uchini endi topdim, — deb dast o‘rnidan turib, to‘ppa-to‘g‘ri tovuq bozorga boribdi. U tovuqni ko‘ribdi — yoqmabdi, bu tovuqni ko‘ribdi — yoqmabdi. Oxiri bitta sozivor tuxum tug‘adigan tovuqni sotib olib, uyiga olib borib, qo‘yib yuboribdi.
Tovuq tuxum qila boshlabdi. Tuxumni yemasdan, birovga yedirmasdan yig‘ib qo‘ya beribdi. Tuxumi o‘ttizga yetgan-da tovug‘i kurk bo‘libdi. Unga tuxumlarni bostiribdi. Tovuq tuxumlardan jo‘ja ochibdi.
Jo‘jalardan ikkitasini kalxat olibdi, qolgan ikkam o‘ttiztasi o‘sib, tovuq bo‘libdi. Sakkiztasini olib qolib, yigirmatasini bozorga olib borib sotib, bitta ona-bola echki olib kelib, ularni ham boqa beribdi. Tovuqlar tuxumga kirishibdi. Tuxumini to‘plab, yana beshta tovuqqa tuxum bostiribdi. Bular ham yigirmatadan jo‘ja ochib chiqibdi. Bularni ham katta qilibdi. Tuxumlarni sotib, pulini to‘play beribdi. Kech kuzgacha ikki echkisi uchta bo‘libdi. Bularni qishi bilan boqib, erta bahorda uchta echkini va bir qancha tovug‘ini olib borib sotib, bitta g‘unajin olibdi. Buni ham boqa beribdi. Yozda g‘unajin qochibdi. Tovuqlarga yana tuxum bostiribdi. Yanagi bahorda g‘unajini tug‘ibdi. Sut-qatig‘i ham pul bo‘libdi.
Madamin ko‘knori bir kuni tovuq, jo‘ja, sigir, buzoqlarni ko‘zdan kechirib, ishlarim yurishib ketdi, xudo bersa, ot-arava, yer-suvlik ham bo‘laman debdi. Tuxum, sut-qatiqqa va tovuqlarning puliga bir juft sovliq olibdi. Sovliqlari bo‘g‘oz ekan, kuzga borib bular ham tug‘ibdi. Buncha narsani boqish uchun joyi torlik qilibdi. Buzog‘i ham sigir bo‘libdi. Sigir, qo‘ylarini sotib, bir tanob yer olibdi. Yerning yarmini chopib, go‘ngni ko‘mma qilib solib, ertagi qilib qovun ekibdi. Palagi bo‘liq bo‘lib, har bir qovuni ko‘zaday-ko‘zaday bo‘libdi. Qovunlarni sotib, puliga bitta ot-arava olibdi. Qovunpoyani haydab, sabzi ekibdi, Sabzisi chunonam bo‘lib beribdiki, uni yeru ko‘kka sig‘dira olmabdi. Sabzilarni aravaga yuklab kelib, dumini qirqib, hovlisiga ko‘mibdi. Erta ko‘klamda aravaga yuklab, bozorga oborib pullay beribdi. Sabzilarni sotib, puliga yer olib bog‘ qilibdi.
Madamin ko‘knorining ishlari jo‘nashib ketib, buncha narsalarni sota berib, shoshib qolibdi. Ikki tanob yerni to‘rt tanob, to‘rt tanobni sakkiz tanob qilibdi, sakkiz tanobi o‘n olti tanob bo‘libdi. Yerlarni ekib, hosilini yig‘ib olib sotib, puldor bo‘lib qolibdi. Bir kuni o‘ziga o‘zi: «Men endi kimsan Madamin boyvachchaman! Kimdan kamligim bor?! Mana bu otim uloqqa yaraydi. Bunisi aravakash ot bo‘lsin. Uloq chopishga boshqa uloqchi ot olayin!» deb bozorga borsa, samarqandlik asbfurushlar ot olib kelgan ekan. Bitta qilich bo‘yin otni tanlab ustiga minib:
— Kimga yarashadi bu ot? Madamin boyvachchaga yarashadi! Ayt, narxini, — debdi.
Asbfurush otning narxini aytibdi. Madamin boyvachcha otdan tushmay pulini sanab berib, tulporni bozorning o‘rtasidan gijinglatib, hammaga ko‘rsatib minib o‘tib ketibdi. Uyiga oborib, buni ham bog‘lab boqa beribdi. Madamin ko‘knorining minishi uloqchi ot, yeyishi nonushtaga pista-mayiz, tushda sho‘rva, kechqurun palov bo‘lib qolibdi.
Bir kuni unga oshnalari:
— Madamin boyvachcha, siz shuncha narsaga ega bo‘lib qoldingiz. Endi sizga xotin olib beraylik. Uylaning! — deyishibdi:
— Madamin boyvachchaga kimning qizi loyiq?
— Mamanazar boyvachchaning qizi Gulanorxon loyiq. Gulanorxonning qalinini berib, karnay-surnayni chaldirib to‘y-tomosha boshlab yuboribdi.
Qiz tomondagilar: «Bizning rasmimizda qizga uloq beradi. Madamin boyvachcha uloq bersin!» deyishibdi. Madamin boyvachcha bir yashar buzoqni so‘ydirib, otchoparga uloqni chiqarib yuboribdi. Har tomondan tom bo‘yi-tom bo‘yi otlarni minib uloqchilar yetib kelibdi. Otlar ko‘chadan ko‘ndalang-ko‘ndalang bo‘lib o‘ta boshlabdi.
Yigitlar kuyov to‘rani ham uloqqa taklif qilishibdi. Madamin boyvachcha boqib, hali chala sovingan uloqchi otini egarlab, yuganlab minib, uloqqa jo‘nabdi. Otni gijinglatib borayotgan ekan, yo‘ldan bir buzuq ko‘prik chiqibdn.
Madamin boyvachcha bu buzuq ko‘prikka kelib tursin, endi gapni Qo‘chqor ko‘knoridan eshiting.

III

Qo‘chqor ko‘knori ko‘knorixonaga kirib qarasa, ikkala oshiasi ko‘knoriga mast bo‘lgan, ikkalasining ham bo‘yni yerga egilib, ko‘knorining kayfini surib, goho kulib, goho o‘zlaridan o‘zlari bir nimalarni gapirib o‘tirishibdi. Oshnalarimga xalaqit bermayin, bular ham kayfini surabersin, men ham kayfimni suray deb, ikkisining o‘rtasidan joy olib o‘tiribdi. Bu ham topgan-tutganini oldiga qo‘yib, buvadan ko‘knori so‘rab olib ichib, kayfi taraq bo‘lib, sukutga ketib, xayol daryosiga sho‘ng‘ibdi:
— Xudoyim! G‘oyibingdan yetkurgin. «Laylatulqadr»ga yo‘liqayin, — debdi. «Laylatulqadr» deyishadi. «Laylatulqadr»ga yo‘liqsang, ushlaganing oltin bo‘lib qoladi», – deyishadi. Bu qayerda bo‘lar ekan? O‘zim izlab boramanmi, yo o‘zi kelarmikan, deb o‘ylab ketibdi. Oxirida: «Yaxshisi, imom domladan so‘rab qo‘ya qolay. U kishi yaxshi bilsalar kerak!» debdi-da, o‘rnidan turib, machitga boribdi. Borsa, imom domla tahorat olib, yuz-qo‘lini artib turgan ekan:
— Assalomu alaykum, taqsir! — debdi Qo‘chqor ko‘knorn…
Domla alik olgach:
— Nima xizmat? —  deb so‘rabdi.
— Taqsir, sizdan bir narsani so‘rab bilish uchun keldim, — debdi. Imom domla:
— Oldin kirib, peshin namozini birga o‘qiylik! Namozdai keyin gaplashamiz, — debdi-da, honaqohga kirib ketibdi.
Qo‘chqor ko‘knori namozni hushi kelsa o‘qir, hushi kelmasa o‘qimas ekan. Imom domladan uyalganidan, betahorat bu ham xonaqohga kiribdi. Namozxonlar saf tortibdi, so‘fi takbirni aytibdi, imom mehrobga o‘tib, quloq qoqib, namoz boshlabdi.
Namozdan keyin imom domla:
— Ha, nima gaping bor edi? — debdi. Qo‘chqor ko‘knori: — Taqsir «Laylatulqadr»ning ma’nosini menga tushuntirib bering, — debdi. Imom domla:
— Har yili ramazon kunlarining yarmi kelganda, kechasi ollohi taoloning amri bilan «Laylatulqadr» o‘tadi. Shunda kimki uxlamasdan kechasi bilan xudoga ibodat qilib, xudoga yig‘lab-yolvorib kutib o‘tirsa, «Laylatulqadr» o‘tgan chog‘ida nimani ushlasa, ushlagan narsasi oltin bo‘lib, boy-badavlat bo‘lib ketadi, — debdi.
Qo‘chqor ko‘knori imom domladan bu gapni eshitib, to‘ppa-to‘g‘ri uyiga jo‘nabdi. Uyiga borib, ramazonning kelishini kutib yotaveribdi. Ramazon ham kelibdi. Ko‘knori o‘ylabdi: «Har yili ro‘za tutmayman. Bu yil «Laylatul-qadr»ni kutmoqchiman. Ro‘za tutmasam tag‘in «Laylatul-qadr» mendan xafa bo‘lib, ko‘rinmasdan o‘tib ketmasin!» deb, ro‘za tutishga qaror berib, uxlabdi. Sahar bo‘libdi. Karnaylar chalinibdi. Ba’zi odamlar tomlarga chiqib nog‘ora chala boshlabdi. Bularning tovushidan Qo‘chqor ko‘knori ham uyg‘onib, saharlikni qilib, ko‘knorini ichib, yana uxlabdi. Yozning issiq uzun kuni ekan. Tushga borganda ko‘knorining xumorisi tutibdi. Kech peshinga borganda xumori kuchayibdi. Odamlar og‘ziga ko‘knori tomizib arang o‘ziga keltirishibdi.
Ertasi yana ro‘za tutibdi. Peshinga borganda chidamay, bir piyola ko‘knorini ichib olibdi. Ro‘zani tutib-tutmay, har kuni «Laylatulqadr», qachon kelasan deb, ramazonning o‘n besh kunini ham o‘tqazibdi. Odamlar: «bugun Laylatulqadr o‘tadi», deyishibdi. Qo‘chqor ko‘knori kech bo‘lishini sabrsizlik bilan kutar ekan. Shomga azon aytilib, hamma iftorga o‘tiribdi. Iftordan so‘ng odamlar machitga kelib tarobih namozi o‘qishibdi. Tarobihdan keyin, odamlar machitning sahniga chiqib, qo‘llariga biri tosh, biri g‘isht, biri guvalak-kesak tutishib «Laylatulqadr»ning o‘tishini kutib turishibdi. Qo‘chqor ko‘knorining yuragi taka-puka: «Men ro‘zasini chala tutdim, «Laylatul-qadr» mendan arazlab, boshqa joydan o‘tib ketib qolmasin-da!» deb, qo‘rqib turibdi. Yana: «Machitning tomiga chiqayin, mabodo «Laylatulqadr» uzoqdan o‘tib qolsa, ko‘zim tushsa bas!» deb, machitning tomiga chiqib, u yoq-bu yoqqa bo‘y cho‘zib qaray boshlabdi. Bir vaqt qibladan yarqirab bir narsa ko‘rinibdi. Pastdagi odamlar:
— Ana, «Laylatulqadr»ning nuri ko‘rindi. Hozir keladi, — deb pitirlashib, nechtasi takbir aytib, nechtasi salavot o‘qib, «e xudo, «Laylatulqadr»dan bizni benasib qilma!» deb, baqirib-chaqirib yig‘lashib turishibdi.
Bir zamon boyagi ko‘ringan nur, bamisoli oftobdek yarqirab, hamma joyni yoritib, machitga yaqin kelib qolibdi. Odamlarning shovqin-suroni yana ko‘tarilibdi. Qo‘chqor ko‘knori esankirab, dovdirab, machitning tomidan hujraning tomiga, undan qo‘shni hovliga tushib ketibdi-yu, qo‘shnisi kovlab qo‘ygan katta bir to‘ngakni quchoqlab olibdi. Shunda «Laylatulqadr» ham shovillagancha o‘tib ketibdi.
Qo‘chqor ko‘knori quchoqlagan katta to‘ngak qip-qizil oltin bo‘lib qolibdi.
Erta bilan Qo‘chqor ko‘knori oltinni olib ketayin desa, hovlining egasi bu meniki bo‘ladi, deb janjal qilibdi. Qo‘chqor ko‘knori:
— E, og‘ayni, bu oltin ikkalamizning yetti pushtimizga yetadi. Men bilan janjallashguncha, bozorga yugurib borib, bitta zargarni boshlab kel! Bu tillani eritsin, senga ham bo‘ladi, menga ham, — debdi.
Hovlining egasi borib, zargarni boshlab kelibdi. Zargar tillani eritib, ikkoviga bo‘lib beribdi.
Shaharda bitta singan boy bor edi. Shu boyning dang‘illama ichki-tashqili, orqasi bog‘li hovlisi ham bor ekan. U hovlisini sotmoqchi bo‘lib, xaridor axtarib yurgan ekan. Qo‘chqor ko‘knori shu hovlini sotib olibdi. Shahardan do‘konlar sotib olib, bir tomonda shoyi, atlasfurushlikni, bir tomonda qassob, baqqollikni yurgizib qo‘yibdi. Boy-badavlat bo‘lib: «Kimsan, «Laylatulqadr»ga uchragan Qo‘chqorboy» degan nom chiqaribdi. Qo‘chqor ko‘knori bir joydan o‘ttiz tanob yer sotib olib, o‘n tanobiga ko‘knori ektiribdi. Yigirma tanobini uzumzor, o‘rikzor, anjirzor, anorzor… bog‘ qildiribdi. Ko‘knorini, mevalarni quritib olib, mayiz, turshakni yeb, ko‘knorini ichib, kayfini surib yotaveribdi.
Bir kun Qo‘chqor ko‘knori o‘ylabdi: «Payg‘ambarimiz to‘rttagacha xotin olsa bo‘ladi, degan ekanlar. Otam olib bergan bitta xotin bilan yuramanmi? Birorta boyning qizini olayin», deb ahd qilibdi. Shaharda Xoliqberdi boyvachcha degan juda katta boy bor ekan. Qo‘chqor ko‘knori shunga sovchi yuborib, qaliniga pulu molni katta berib, Gulasalxonni unashtiribdi.
To‘y boshlanibdi. Har tomondan mehmonlar kelishibdi. Karnay-surnay, kurash, o‘yin-kulgi bir qancha kun qizg‘in davom etibdi. Oxirgi kuni qizni kuyovga nikoh qilishibdi. Kelin keladigan uy juda ham bezatilgan ekan. Bir zamon yor-yor aytib, kelinni olib kelishibdi. Kuyov borib, kelinni aravadan ko‘tarib olibdi. Yangalar salom aytib, kelinni uyiga olib kirib, chimildiqqa o‘tqazishibdi. Oldiga dasturxonni yozib, nozi ne’matlarni qo‘yib, kuyovni boshlab kelib, kelinning yoniga, ipak gilam, qavat-qavat atlas ko‘rpaning ustiga o‘tqazishibdi. Kuyov kelinning jamolini ko‘rib, bamisoli simobday erib, kelinning ko‘nglini xushlash, bilagidan ushlash umidida, shirin-shirin gaplarni topib aytib, yelkasiga o‘ng qo‘lini tashlab, chap qo‘li bilan qizning bilagini ushlab, sal ezgan ekanki, Gulasalxon noz qilib, nariroqqa qochib o‘tiribdi. Kuyov to‘ra lip etib uning yoniga boribdi. Kelin yana nariga qochibdi. Shu kayfiyatda kuyovni birpas qiynabdi. Shunda kuyov to‘ra:

Qoshingiz bilan ko‘zingiz sho‘x,
Ilohim o‘lmagaysiz.
Behishtda ikki gul bor,
Biri siz bo‘lmagaysiz, —

debdi. Shunda Gulasalxon ham g‘amza bilan javob qilibdi:

Gulzor ichiga chiqsam,
Qizlar pardoz qiladi.
Handalakday bo‘yimga,
Hamma havas qiladi.

Shunda kuyov to‘ra munday qarasaki, Gulasalxonning o‘rim-o‘rim sochlari orqasi bilan bitta bo‘lib yotibdi. Shunda Gulasalxonga qarab:

Boqqa kirib, gul uzay deb,
Gulning novdasin egib.
Bir pari oldimga keldi,
Kokili yerga tegib.
Saqlagan otangga rahmat,
O‘lmagaysan ko‘z tegib, —

debdi. Bu baytni eshitgach, Gulasalxon debdi:

Boqqa kirib, sayr etib,
Tanlab uzaylik qo‘sh anor.
Qo‘sh anorni sizga beray,
Toza saqlang mirza yor.
Mirza yordur o‘zingiz,
Jonimga malham so‘zingiz,
Bizdan o‘tsa beodoblik,
Kechirasiz o‘zingiz.

Kuyov to‘ra bilan kelin bir-biri bilan bayt aytishib turganda, yangalari kelib aytishibdi:
— Hamma ketdi, vaqt bir mahal bo‘lib qoldi. Endi joy solib beraylik, yotinglar.
Qo‘chqor kuyov kelinposhshaga mahliyo bo‘lib tursinlar. Endi gapni anavi ikki ko‘knoridan eshiting.
O‘sar ko‘knori davlatning gapini ajdahoga aytgandan keyin, ajdaho:
— Davlat shunday dedimi? Qani oldin «bismillo» deb, seni yeb ko‘rayin-chi, to‘yarmikinman, — deb tiklanib, gajjak bo‘lib, og‘zini ochib, ko‘zlaridan o‘tlar sochib, ko‘knoriga o‘zini tashlabdi.
Madamin ko‘kkori chala sovigan otni minib, buzuq ko‘prikka borganida bitta shum odam, o‘tgan uloqchilarning otini hurkitaman deb boshiga po‘stakni yopinib yotgan ekan, po‘stak bilan ko‘tarilib chiqib, otni hurkitibdi. Ot cho‘chib ketib yoniga tashlab qattiq irg‘ibdi, ustidan Madamin ko‘knori yetti gaz yerga uchib tushibdi.
Shunda O‘sar ko‘knori ham, Madamin ko‘knori ham qo‘rqib, ikki tomonga quloch yozib: «Dod, o‘ldim!» deb qichqirib yuboribdi.
Bularning ikkalasining mushti borib, Qo‘chqor ko‘knorining jag‘iga tegibdi.
Uchalasi ham ko‘z ochib qarashsa, hammasi ko‘knoriping xayoli ekan.