Tabib bilan kasal

Bir kishi kuygan nonni yeb, yurak og‘rig‘i kasaliga uchrab qolibdi va tabibga borib, kerakli dori so‘rabdi.
Tabib u kishiga ko‘z og‘riganda quyadigan doridan berib, har kuni ko‘ziga quyib turishni tayinlabdi.
U kishi hayron bo‘lib:
— Mening ko‘zim emas, yuragim og‘riyapti-ku, — debdi.
Tabib unga qarab:
— Avval ko‘zingga dori quyib olgin. Agar ko‘r bo‘lmasang, kuygan nonni yermiding? Endi ko‘zingni tuzatsang, nonni qarab yeydigan bo‘lasan, yurak og‘rig‘iga ham duchor bo‘lmaysan, — debdi.