Er-xotin va o‘g‘rilar

Bir kuni kechasi er-xotin choy ichib o‘tirishgan ekan, o‘g‘rilar tomda dupurlab yurib qolishibdi. Buni sezgan uy egasi, xotiniga:
— Choyni shopir, Shomurodga ber, to‘rdagi to‘rttoviga ber, adandagi oltisiga ber, o‘zing ichib menga ber, uxlab yotganlar baloni ichsin! —debdi.
Buni eshitib o‘g‘rilar: «Odam ko‘p ekan», deb uyga tusholmay qaytib ketibdilar.