Abdulla Jalil (1948)

Shoir va publitsist Abdulla Jalil (Abdulla Abdujalilov) 1948 yil 15 mayda Namangan shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan (1972). To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «Mash’al» ro‘znomasida adabiy xodim, Pop tuman ro‘znomasida muharrir, Pop tumani jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi kengashining raisi, O‘zbekiston davomi…

Sobit Madaliyev (1949)

Shoir, nosir, tarjimon va publitsist Sobit Madaliyev 1949 yil 2 martda Jambulda tug‘ilgan. 1969 yili Toshkentga ko‘chib o‘tgan. 1972–1990 yillarda Moskvada ishlagan. 1977 yili M. Gorkiy nomidagi adabiyot institutini bitirgan. 1990 yili Toshkentga qaytgan. Sobit Madaliyev 1991–1996 yillarda «Zvezda Vostoka» jurnalining davomi…

Dilbar Haydarova (1952)

Dilbar Haydarova 1952 yili Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. 1977 yil NamDUni, 1982 yil Moskvadagi Maksim Gorkiy nomli jahon adabiyoti institutini bitirgan. 1983 yildan 1995 yilgacha O‘zbekiston televideniyesida muharrir bo‘lib ishlagan. 1996 yildan Namangandagi «Murabbiy» nomli o‘qituvchilar gazetasida muharrir. davomi…

Dilshod Shams (1964)

Dilshod Shams 1964 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1986 yili Toshkent Davlat Universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. 1986-1992 yillari O‘zbekiston radiosida ishlagan. 1992 yildan shu kungacha O‘zbekiston televideniyesida xizmat qilmoqda. Hozirda O‘zMTRK «Kinoteatr» telekanali direktori. 1985 yili “Ezgulikning moviy osmoni” kitobchasi davomi…

Hoji Muin (1883-1942)

Hoji Muin Shukrullo o‘g‘li (1883.15.3, Samarqand — 1942.27.7, Rossiya, Perm viloyati Solikamsk shahri) — ma’rifatparvar, shoir. 1901 yilda haj safaridan qaytgach, maktab ochib, bolalarni o‘qitgan. Avval eski usulda, 1903—16 yillar yangi usulda muallimlik qilgan. Ilgor jadid muallimi sifatida tanilgan. «Rahnamoi davomi…

Haziniy (1867-1923)

Haziniy Xo‘qandiy (taxallusi; asl nomi Ziyovuddinxon Kattaxoja o‘g‘li Haziniy to‘ra) (1867 — Qo‘qon yaqinidagi Katta Kenagas qishlog‘i — 1923) — shoir va shayx. Qo‘qondagi Jome’ madrasasida tahsil olgan. Qur’on, tafsir, hadis, fiqh, kalom, adabiyot ilmlarini chuqur o‘zlashtirgan. Tasavvuf ta’limoti bilan davomi…

Furqat (1859-1909)

Furqat (taxallusi; asl ism-sharifi Zokirjon Mullo Holmuhammad o‘g‘li) (1859, Qo‘qon —1909, Yorkend) — taraqqiyparvar shoir, mutafakkir, publitsist. Mahallasidagi maktabda savod chiqargan, mudarris va kotiblardan xattotlik, arab tilini o‘rgangan. Madrasada o‘qigan (1873—76). Alisher Navoiy ijodini, fors adabiyoti namoyandalari merosini chuqur o‘rgangan, davomi…

Zavqiy (1853-1921)

Zavqiy (taxallusi; asl ism-sharifi Ubaydullo Solih o‘g‘li) (1853 — Qo‘qon — 1921) — o‘zbek shoiri. Qo‘qondagi «Madrasai oliy» va «Madrasai chalpak»da tahsil olgan (1870—74). Maxsido‘zlik bilan shug‘ullangan. Ma’lum muddat mirzalik qilgan, Xo‘jand, Samarqand, Buxoro, Toshkent, O‘sh, Andijon, Marg‘ilon shahrilarida bo‘lgan. davomi…

Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy (1850-1903)

Muqimiy (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li) (1850 — Qo‘qon —1903.25.5) — shoir va mutafakkir. O‘zbek demokratik adabiyoti asoschilaridan. Otasi toshkentlik, onasi Oyshabibi xo‘jandlik bo‘lib, Qo‘qonda yashaganlar. Muqimiy boshlang‘ich ma’lumotni mahallasidagi maktabda olgan. Onasi Muhammad Aminxo‘jada she’riyatga havas uyg‘otgan. davomi…